www.ziyouz.com kutubxonasi
20
So‘ngra ruh chiqib, idishning og‘zidan tomchi tomgandek oqadi. Uni tezlik bilan olib,
xushbo‘y atirlik kafanga o‘raydilar. Undan yer yuzidagi barcha mushkning anqishidek is
taraladi. So‘ngra uni olib osmonga ko‘tariladilar. Ular maloikalar to‘dasi oldidan o‘tgan
vaqtlarida so‘rashadi: “Bu qanday yaxshi ruh?” Javob berishar ekanki: “Bu falonchining
o‘g‘li falonchidir. U dunyoda yaxshi, solih kishi edi”, deb yaxshi ismlar bilan atashadi.
So‘ng dunyo osmoni darvozasida to‘xtaydilar. Bu ruhga eshikni ochishni so‘raydilar, uni
tanishtirib ketishadi va oxirgi yettinchi osmonga yetishadi. Alloh taolo buyuradi: “Uning
kitobini illiyinda yozinglar va uni yerga qaytaringlar. Ularni o‘sha yerda yaratdim va
o‘sha joyga qaytargayman”. (Yana boshqa gal: “uni o‘sha yerdan chiqargayman”), deb
javob aytadi. So‘ngra ruh jasadga qaytadi, unga ikki farishta kelib so‘rashadiki:
“Rabbing kim?” Aytadi: “Rabbim Alloh”. “Dinning qaysi?”. “Islomdir”. Yana aytishadi:
“Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima bilasan?” Javob beradiki: “U Allohning rasuli”.
Aytishadiki: “Qanday bila-san?” “Allohning kitobi Qur’onni o‘qidim va unga imon
keltirdim va uni to‘g‘ri deb bildim”, o‘shanda nido keladiki: “Bandam rost so‘zladi. Unga
jannat to‘shaklaridan to‘shanglar va jannat liboslaridan kiygizinglar, jannat eshiklarini
unga ochinglar. Jannat hidi, yaxshiligi kelib turadigan eshiklarni ochinglar”. Uning qabri
ko‘z yetadigan masofada kengayadi. Uning oldiga chiroyli yuzli, xushbo‘y hidli bir
farishta kelib aytarkanki: “Xursand bo‘lgin, mana bu kunki, seni xursand qiladi, bu kun
xususida sen va’da olgan eding”. Mayyit so‘raydi: “Sen kimsan?” “Men sening yaxshi
amallaringman. Yo Parvardigor, qiyomatni keltirginki, men o‘z ahlimga qaytayin”, deb
aytadi.
Agar kofir banda o‘lsa, dunyo olamidan uzilib, oxiratga kelayotgan bo‘lsa, uning oldiga
qora yuzli farishtalar tushadi. Ularda dag‘al kanop mato ham bo‘ladi. Ular ko‘z yetadigan
masofada o‘tirishadi, keyin o‘lim farishtasi kelib, u bandaning boshi ustiga o‘tirib
aytadiki: “Ey iflos nafs, Allohning g‘azabiga chiqqin!” So‘ngra uning a’zolari ajratib
tashlanadi. Jonni shunday oladiki, ho‘l jundan tikanli sixni sug‘urgandek. Olayotgan
paytida tomir va paylari uzilib ketadi. Uni tezlik bilan olib o‘sha dag‘al matoga o‘raydilar.
Undan eng badbo‘y hid chiqadi. Keyin uni olib osmonga ko‘tariladilar, qaysi bir
maloikalar to‘dasi o‘tib qolsa, so‘rashadiki: “Bu qanday iflos ruh?” Aytishadiki: “Bu
falonchining o‘g‘li falonchi”, deb yomon ismlar bilan atashadi. Hattoki, dunyo osmonida
to‘xtasharkan, eshikni ochishni so‘rashadi, unga ochilmaydi...” Keyin Rasulluloh (s.a.v.)
bu oyatni o‘qidilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |