O‘TTIZINCHI BOB
TAHORATNING FAZILATLARI
355. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) Abu Umoma
Bohiliydan rivoyat qiladilar: "Men Amr ibn Abasaga: "Qanday qilib, Islomning to‘rtinchisi
bo‘lding", dedim. Aytdilarki: "Men odamlarning zalolatda ekanini ko‘rardim.
Sanamlardan boshqa narsalarni bilmasdim. So‘ng bir kishidan Makkadagi xabarlarni
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
164
eshitdim. Ulovimga minib, Makkaga keldim. Bu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yashirin da’vat etardilar. Chunki qavmlari u zotning ishlariga to‘sqinlik qilar edi.
Men u kishiga o‘zimni bildirib, oldilariga kirdim va: "Siz kimsiz?" deb savol berdim. U
kishi: "Men payg‘ambarman", dedilar. Men: "Payg‘ambar degani nima?" deb so‘radim.
"Allohning elchisi", dedilar. "Alloh sizni yubordimi?" dedim. "Ha", dedilar. "Sizni qaysi ish
bilan yubordi?" deb so‘radim. "Allohni bir demog‘imiz va Unga hech narsani sherik
qilmasligimiz, butlarni sindirish va qarindoshlikni bog‘lashimiz uchun", dedilar. "Siz bilan
yana kimlar bor bu ishning boshida?" dedim. "Hurlar va qullar bor", dedilar. O‘shanda u
kishi bilan birga Abu Bakr va Bilol bor edi. Men: "Sizga ergashaman", dedim. "Sen
hozirgi kuningda hech ham qodir bo‘lmaysan. Hozir sen uyinga qayt va mening ishim
ko‘ringanini eshitsang, menga ergash", dedilar. So‘ngra ahlimga qaytib, musulmon
bo‘ldim".
Amr ibn Abasa hikoyalarini davom ettiradilar: "O‘sha kunda men Islomdagi to‘rtinchi
kishi bo‘lganman. (Ya’ni, o‘sha vaqtda bu to‘rttalaridan boshqa musulmon yo‘q edi).
So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qildilar. Ulovimga minib,
men ham Madinaga keldim va u zotning oldilariga kirib: "Ey Rasululloh, meni
taniyapsizmi?" dedim. "Ha, tanidim, – dedilar, – Makkada mening oldimga kelgan sen
emasmiding?" "Ey Rasululloh, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan menga ham o‘rgating",
dedim. "Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qima.
Quyosh chiqayotganda ham namoz o‘qima, to ko‘tarilguncha. Chunki u shaytonni ikki
shoxi orasidan chiqadi. Shu vaqt kofirlar unga sajda qilishadi. Agar bir nayza bo‘yi yoki
undan ko‘proq ko‘tarilsa, namoz o‘qiyver. Chunki namoz farishtalar hozir bo‘lib, guvohlik
beradigan amaldir. Quyosh qiyomga yaqin bo‘lsa ham, namoz o‘qima, chunki bu paytda
jahannam qizdiriladi. Agar zavolga ketsa, namozingni o‘qiyver, chunki namoz shohidlik
beruvchidir. Keyin asrni o‘qi, uni o‘qiganingdan keyin quyosh botgunicha namoz o‘qima.
Chunki u shaytonning ikki shoxi orasida botadi. Bu payt kofirlar sajda qilishadi", dedilar.
Men aytdim: "Ey Allohning payg‘ambari, tahoratdan xabar bering". "Sizlardan kim
tahorat qilishga kelsa, keyin og‘ziga suv olib, g‘arg‘ara qilsa, keyin burnini chaysa, qilgan
xatolari og‘zidagi va burnidagi suv bilan yuvilib ketadi. So‘ng Alloh buyurganidek yuzini
yuvsa, yuzining xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek qo‘lini
tirsagigacha yuvsa, Alloh qo‘llarining xatolarini suv bilan chiqarib yuboradi. Keyin Alloh
buyurganidek boshiga mash tortsa, boshidagi, sochining atrofidagi xatolar suv bilan
chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek ikki oyog‘ini to‘piqlari bilan yuvsa, ikki
oyog‘ining va barmoqlarining atrofidagi xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin turib
Allohga hamd va sano aytib, ikki rak’at namoz o‘qisa, onasidan yangi tug‘ilgandek
gunohlardan xoli bo‘ladi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam.
356. Faqih aytadilar: Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: "Alloh taolo xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalarni sizlarga
aytaymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. "Qiyinchilik vaqtlarda tahorat qilish, makruh
narsalarga sabr etish, masjidlarga qadamlarni ko‘paytirish, namozning ketidan namozni
kutish. Bu ishlar sizlarga qo‘rg‘ondir" (ya’ni, dushmandan qo‘rg‘ondir).
Faqih aytadilar: Otam (r.a.) Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qildilar: "Alloh tushirgan
kitoblarning ba’zisida o‘qidimki, kim har tahorat ketganda, tahorat qilsa, xotinlarning
huzuriga ko‘p kiravermasa, nohaqdan mol topgan bo‘lmasa, Alloh uni hisobsiz dunyo
bilan rizqlantiradi".
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |