ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan
ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib
kelgan xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar” (Hujurot, 6).
Agar so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa, bu oyat ahlidan bo‘lasan:
“Yana siz har bir tuban, qasamxo‘r, g‘iybatchiyu gap tashuvchi, yaxshilikni man
qiluvchi, baxil-tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari,
benasab haromi kimsaga itoat etmang!” (Qalam, 10–12.)
Agar xohlasang buni sendan kechiramiz. Haligi kishi: “Kechirishingizni xohlayman, ey
amiral mo‘minin. Bundan keyin, bunday ishlarga hech ham qaytmayman!” dedi.
Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilindi: “Zinodan bo‘lgan bola gapni yashirmaydi,
qavmida yaxshi nasab egasi esa qo‘shniga ozor bermaydi”.
Odamlarning gaplarini yashirmaydigan kishi chaqimchilik qilib yuruvchidir. U
valadizinodir. Agar u valadizino bo‘lmaganda edi, albatta gaplarni yashirardi. Bu ma’no
Allohning so‘zidan chiqarilgan: “G‘iybatchi-yu gap tashuvchi, yaxshilikni man
Do'stlaringiz bilan baham: |