uni (hasad-adovat bilan) orzu qilmang!» (Niso, 32).
Shuningdek, musulmon birovga berilgan fazlni o‘zi uchun bo‘lishini xohlashi lozim
bo‘lmaydi. Va lozim bo‘ladi Alloh shunga o‘xshash moldan so‘ramog‘i, har bir musulmon
kishiga hasaddan o‘z nafsini qaytarmog‘i. Chunki hasad qiluvchi Allohning hukmiga
qarshi turguvchidir. Va nasihat qilguvchi Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lguvchidir.
225. Payg‘ambar (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar! Albatta, din nasihatdir», dedilar. Musulmon
jami musulmonlar uchun rozi nasihatgo‘y bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Musulmon hasad
qilguvchi bo‘lmaydi.
226. Abu Hurayra Payg‘ambardan (s.a.v.) musulmonning musulmonga haqqi nima
ekanligini so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): «Musulmonning musulmonga haqqi olti
narsadir», dedilar. Yana so‘radi: «Yo Rasulalloh, ular nimalar?» Aytdilar: «Agar unga
uchrasang, salom bergin; agar seni chaqirsa, javob bergin; agar nasihat so‘rasa, nasihat
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy