www.ziyouz.com kutubxonasi
45
69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh taolodan uch
marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: “Ey Alloh, jannatga kirgiz uni!” Kim Allohdan
do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: “Ey Parvardigor, uni
do‘zaxdan uzoq qil!”
Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U
yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik
shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va
muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q.
70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannatda bozorlar bor,
unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday
bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda
kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib
uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar”
71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar,
ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi.
Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek,
ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining
barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir.
Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar
bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan
odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir,
agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida
pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat
qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan
o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha
yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar
seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman,
Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga
ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan.
Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!”
“Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!”
Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin
to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma
narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga:
“So‘ramaysanmi?”
“So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan
o‘ntasidir!”.
Bu ahli jannatning eng past joyidir”.
Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular
edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”.
72. Xabarda keladiki: “Dunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi
hurlardan afzal qilinadi”.
Alloh taolo aytadi:
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |