Ikkinchi unvonlari – “Imomul-huda” haq yo‘l imomi ma’nosidadir. Bu unvonda
Hazrati Imom Abu Mansur Motrudiy bilan barobardirlar.
“Abu Lays” u zotning ko‘nyalaridir. Bu so‘z “Laysning otasi”, deganidir. “Lays”
lug‘atda she’r, arslon ma’nosini beradi. Ul zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki
“Abu Turob” singari majoziy laqabli, noma’lum. Harholda, kunya ekani aniq.
U zot Samarqand shayxul islomi bo‘lganlari uchun “Shayxul islom”, degan nom bilan
ham chaqirilganlar. “Samarqandiy” nomini tug‘ilib o‘sgan vatanlariga nisbatan
olganlar.
Abu Lays Samarqandiyning tavalludi va vafoti yillari borasida turlicha ma’lumotlar bor.
Vafotlariga qiyosan, hijriy 301-310 yillarda tug‘ilganlar, deyiladi.
Vafotlari ham turlicha -- hijriy 375, 393, 396 yillar deb ko‘rsatilgan. 396 (milodiy
1003) yil haqiqatga yaqinroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |