www.ziyouz.com kutubxonasi
346
Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va
bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq
yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va
gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham
beradi”.
Yana bir hakim zot aytadi: “Kim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va
tinchlik. Tinchlik – Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch
esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni
qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati”.
Robi’ ibn Husaymdan: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong
ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz”, der ekanlar.
Malik ibn Dinordan ham: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uydan
uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga,
bilmaydi”.
Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: “Qanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb
savol qilingan. U kishi shunda: “Umid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan
narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik
mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q”, deb javob qilgan
ekanlar.
Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: “Tong ottirdim. Nafsim gunohlarimni
ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi
bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman”, deganlar.
Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: “Besh yuz dirham qarzi bo‘lgan,
ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?” debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming
dirham olib chiqib unga beribdilar va: “Besh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini
oilangga ishlat”, debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar.
Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar
edilar.
Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: “Kim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt
narsaga shukr qilsin:
1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr
aytmog‘i;
2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar
aytmog‘i;
3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i;
4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i”
Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: “Agar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani
bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas:
1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i;
2) Allohning amalini bilmog‘i;
3) nafsini bilmog‘i;
4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |