“(Ey Muhammad) hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham
o‘lguvchidirlar” (Zumar, 30-oyat), deb aytgan”, dedilar.
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u zot bir kishining qabristonda ovqatlanayotganini
ko‘rdilar. So‘ngra: “Bu odam munofiq ekan, o‘lim ikki ko‘zi orasida bo‘laturib, taomni
ishtahasi tortyapti”.
Yana Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Ajabo, bir qavm oxiratga
tayyorgarlik ko‘rishga buyurildi, ammo avvalgilari keyingilariga qarab o‘ynab o‘tirishdi”.
Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy qachon tobutni ko‘rsalar, onalarining dafnlaridan
qaytgandek bo‘lar edilar.
Ibrohim Taymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Kim xotirjam bo‘lsa, jannati
bo‘lolmay qolishdan xavf qiladi. Chunki, ahli jannatlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |