“Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir. Kim yomonlik qilsa, o‘z ziyoniga
qilur. Parvardigoringiz bandalariga zulm qiluvchi emasdir” (Fussilat, 46-oyat);
“Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz, so‘ngra har bir
jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi”
(Baqara, 281-oyat).
Ey odamlar! Men Rabbimga qaytuvchiman. Umrim poyoniga yetdi. Dinlaringiz va
omonatlaringizni Alloh taologa topshiraman. Ey ashoblarim, ey ummatim, sizga salom
bo‘lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”. Keyin minbardan tushib
uylariga kirdilar. Shundan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) boshqa chiqmadilar”.
__________________
Do'stlaringiz bilan baham: |