“Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan
(ergashuvchilaridan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni la’natlar” (Ankabut,
25-oyat), deb aytgani kabi u ham qavmini la’natlaydi. So‘ngra ularga: “Bilib qo‘yinglar,
hammalaringiz xuddi mana shu holga tushasiz”, deb aytadi”.
Masruq (r.a.) aytadilar: “Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqishi, ilmsiz
qolishiga esa, amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi”.
760. Mujohid (r.a.) aytadilar: “Said ibn Os Usmonning (r.a.) huzurlariga bir qavmni
yubordi. Ular kelib Saidni maqtashdi. Shunda ularning yuziga tuproq sochdilari va: “Men
Payg‘ambarning (s.a.v.): “Agar maddohlarni ko‘rsanglar, ularning yuziga tuproq
sochinglar”, deganlarini eshitganman”, dedilar”.
_____________
Do'stlaringiz bilan baham: |