2. Sirotdan o‘tgan vaqtlarida:
“Va ular (jannatga kirganlarida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir” (Fotir surasi, 34-oyat).
3. Jannatdagi hayot suvida cho‘milganlarida jannatga qaraydilar va aytadilar:
“Bizlarni bu (ne’matga) yo‘llagan zot – Allohga hamdu sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik” (A’rof surasi, 43-oyat).
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
277
4. Jannatga kirganlarida:
“Va bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga vorid qilgan