Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
357. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim 
pok holatda pok to‘shakda yotsa, u bilan to‘shagida farishta bo‘ladi (qo‘riqlaydi). Kechasi 
qaysi soatda uyqudan uyg‘onsa, farishta, ey Parvardigor, falonchi bandangning gunohini 
kechir, chunki u pok holatda yotdi, deb aytadi". 
 
358. Humron ibn Abon aytadilar: "Usmon ibn Affonning tahorat qilayotganlarini ko‘rdim. 
Suvni qo‘llariga olib uch marta yuvdilar, keyin g‘arg‘ara va istinshoqni uch martadan 
qildilar. So‘ng uch marta yuzini yuvdilar, o‘ng qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta, 
chap qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib uch marta yuvdilar. Keyin boshlariga mash tortdilar. 
So‘ngra ikki oyog‘ini uch marta yuvdilar. Va: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
men tahorat qilganimdek tahorat qilganlarini ko‘rganman. U zot, kim mening tahoratim 
kabi tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, shu vaqtda dunyo ishlaridan 
gapirmasa, o‘tgan va kelajak gunohlari mag‘firat qilinadi, degan edilar", deb aytdilar. 
 
359. Savbon Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: "To‘g‘ri bo‘linglar, hech sanay olmaysizlar. Bilingizki, 
amallaringizning yaxshisi namozdir. Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi". 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "hech sanay olmaysizlar", degan so‘zlarini 
ma’nosi – to‘g‘ri bo‘lishga hech qodir bo‘lmaysizlar, deganidir. Yana aytiladiki, u so‘zning 
ma’nosi, kim to‘g‘ri bo‘lsa, uning savobini sanamoqning imkoni bo‘lmaydi, deganidir. 
To‘g‘ri bo‘lish – imon va toatdadir. "Faqat mo‘min kishigina doim tahoratli bo‘ladi", 
degan so‘zlarini ma’nosi, tahoratni davomli qilish mo‘minlarning axloqlaridan, deganidir. 
Mo‘min kishiga kun bo‘yi va kechasi uxlayotganda tahoratli bo‘lmog‘i lozim, chunki bu 
amal tufayli Alloh va farishtalar uni yaxshi ko‘radi, Allohning panohida bo‘ladi. 
 
Faqih aytadilar: Otam (r.a.) dedilar: "Menga yetdiki, Umar ibn Xattob (r.a.) 
Rasulullohning (s.a.v) sahobalaridan birini Misrga Ka’ba yopinchig‘i uchun yubordilar. 
Sahobiy Shomda bir nasoro olimining ibodatxonasiga tushdi. Bu olimdan ilmliroq odam 
ularda yo‘q edi. Rasulullohning (s.a.v) elchilari u bilan uchrashmoqni, ilmidan eshitmoqni 
xohladi. Uyiga kelib, eshikni ochishlarini so‘radi. Eshik uzoq vaqt ochilmadi, nihoyat 
olimning oldiga kirdi va eshikda ushlanib qolganidan shikoyat qildi. Olim aytdiki: "Biz 
oldimizga kelayotganingda seni sulton haybatida ko‘rdik va qo‘rqib eshikni ochmadik. 
Alloh taolo Musoga: "Ey Muso, sultondan qo‘rqsang, tahorat qil va ahlingni ham 
tahoratga buyur. Chunki kim tahorat qilsa, qo‘rqqanidan omonda bo‘ladi", degan. Senga 
eshikni ochmay turganimiz tahorat qilib olib, namoz o‘qib, sendan omonlik topishimiz 
uchun edi. Va keyin eshikni ochdik". 
 
Faqih aytadilar: Tahorat qilayotgan kishi tahoratini ta’zim bilan qilishi va bu tahorat bilan 
Rabbining ziyoratida bo‘lishini bilishi, so‘ngra hamma gunohlariga tavba qilishi lozim. 
Chunki Alloh taolo suv bilan yuvishni gunohlardan ham poklanish belgisi qildi. Tahoratni 
Alloh ismi bilan boshlamog‘i lozim. Farg‘ara, istinshoq qilsa, og‘zini g‘iybatdan va 
yolg‘ondan, yuzini yuvsa, haromga qarashdan poklangan bo‘ladi. Boshqa a’zolarda ham 
shunday. A’zolarini yuvib bo‘lsa, Allohga duo qiladi va tasbeh aytadi. 
 
360. Hadisda rivoyat qilinadi: "Mo‘min banda tahoratni qilib bo‘lgandan keyin: 
"Subhanakallohu va bihamdika, ashhadu alla-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu 
ilayk", desa, yaxshilik tamg‘asini bosadi. So‘ng u tamg‘a arshning tagiga qo‘yiladi. U 
qiyomat kunida egasiga qaytarilguncha sindirilmaydi". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish