www.ziyouz.com kutubxonasi
141
nafaqa qilsa ham. Yaxshi amallarining hammasida ham shu kabidir", dedilar.
Elchi faqirlarning oldiga borib, bu xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbimiz! Rozimiz. Ey
Rabbimiz, biz rozimiz!" deyishdi.
290. Imron ibn Muslimdan rivoyat qilindi. Abu Zarr (r.a.) aytadilar: "Sohibim
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetti ishning ustida edilar, ularni tark qilmadim,
tark qilmayman ham. Menga u zot miskinlarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqin bo‘lishni,
o‘zimdan past kishilarga qarab, yuqoridagilarga nazar solmaslikni, qarindoshlarim yuz
o‘girsalar ham, ularga silai rahm qilishni, jannat xazinasi bo‘lgan "la-a havla va la-a
quvvata illa billah"ni ko‘p aytishni, odamlardan hech narsa so‘ramaslikni, Alloh yo‘lida
malomatchining malomatidan qo‘rqmaslikni va achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni so‘zlashni
buyurdilar".
Abu Zarr (r.a.) agar qo‘llaridan qamchisi tushib ketsa, birovga olib ber deyishni yomon
ko‘rardilar.
Xaysama rivoyat qiladilar. Farishtalar: "Ey Rabbimiz, kofir bandangga dunyoni keng
qilib, undan balolarni daf qilgansan", deb aytishadi. Alloh ularga: "Uning oxiratdagi
azobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular u azobni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, bu dunyoda
topgan narsalari ularga foyda bermaydi", deyishadi. Farishtalar yana aytishadi: "Mo‘min
bandangdan dunyoni to‘sib, uni balolarga duchor qilasan". Alloh farishtalarga: "Uning
oxiratdagi savobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular uni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, ularga
dunyoda yetgan musibatlar hech qanday zarar qilmaydi", deyishadi.
291. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytadilarki: "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past
kishilardir, lekin kim molini mana bunday, mana bunday qilsa, uning oqibati yaxshidir.
Lekin ular kamginadir".
Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "Molini ko‘paytirishga
urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir", degan so‘zlarining ma’nosi
bunday: Agar boylar jannat ahlidan bo‘lsa, kambag‘alning darajasidan darajasi past
bo‘ladi. "Mana bunday, mana bunday", deb aytgan gaplarining ma’nosi, ular o‘ng
tomonidan, chap tomonidan, orqasidan, oldidan sadaqa qiladilar, deganidir. "Lekin ular
kamginadir", degan so‘zlarining ma’nosi esa, bunday amal boylarda kam topilishiga,
shayton ular uchun bu dunyoda mollarini ziynatli qilib ko‘rsatishiga dalolat etadi.
292. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, shayton aytarkan:
"Boy odam uch holatda najot topmaydi: molini uning ko‘ziga ziynatli qilib ko‘rsataman,
natijada zakot bermaydi yoki mol topishni unga oson qilib qo‘yaman, shunda uni o‘z
yo‘lida ishlatmaydi yoki molni sevimli qilib qo‘yaman, shunda nohaqdan kasb qiladi".
Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "Meni Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam yubordilar. Savdogar edim. Men savdogarlikni ibodat bilan
birlashtirmoqchi bo‘ldim. Ikkalasi ham bo‘lmadi. Savdogarlikdan bosh tortdim. Ibodatga
yuzlandim. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, masjid eshigi oldida bir do‘konim
bo‘lsa, unda namozimdan xato qilmasam, har kuni qirq dirham foyda olsam, u
dirhamlarni Alloh yo‘lida sadaqa qilsam, baribir bu ish menga sevimli emas". Aytishdiki:
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |