www.ziyouz.com kutubxonasi
87
holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani
o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan
so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi,
bolani ham o‘ldirdi”.
Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Undan qochinglar, chunki u iflosliklarning
onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam
bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi”.
Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va
uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib
qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax
azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida – jon ketish vaqtida
bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va
hasratda qoladi.
Zahhok aytdi: “Kimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast
holatda tiriladi”.
185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: “To‘rt nafar kishi
jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil,
minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir”.
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Aroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib
oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi,
savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi”.
186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: “Qiyomat
kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning
bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va
chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini
do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin
bo‘ladi”.
187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga
chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga
yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam
bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib,
hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa,
borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa, shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq
payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda,
Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga
tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol
sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman”.
Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: “Aroq Tavrotda harom
qilinganmi?” “Ha”, dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar
Do'stlaringiz bilan baham: |