www.ziyouz.com kutubxonasi
352
So‘ng kotib farishta bandaning boshqa bir amalini olib ko‘tariladi. Unda nur charaqlaydi.
Ikkinchi osmonga yetganida, o‘sha yerning farishtasi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan
egasining yuziga ur va unga Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Chunki u bu amali bilan
dunyo matohini xohlagan edi, men ana shu dunyo amalining egasiman. Uning amali
mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman”.
Kotib farishta keyin bandaning sadaqa va namozlar bilan bezalgan amalini olib, osmonga
ko‘tariladi. Uchinchi osmonga yetganida, bir farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan
egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi deb ayt. Men kibrlarning egasi bo‘lgan
farishtaman. U amal qilib odamlarning majlislarida kibrlanardi. Menga Rabbim uning
amalini o‘zimdan yuqoriga o‘tkazmaslikka buyurdi”.
Kotib farishta yana bir bandaning amalini olib ko‘tariladi. U tasbehlar, ro‘zalar bilan
yulduzdek porlab turadi. To‘rtinchi osmonga yetganda qo‘riqchi farishta unga aytadi:
“To‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men
nafsiga ajablanganlarning egasi bo‘lgan farishtaman. Kim amal qilib, faxrlansa, Rabbim
uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tkazmasligimni buyurdi”.
Kotib farishta maloikalar bilan bandaning amalini olib, to‘y kuni yori uchun tayyorlagan
kelinchak kabi holida ko‘tariladi. Jihod va ikki namoz orasida o‘qilgan namozlari bilan
beshinchi osmonga yetib borganida, farishta aytadi: “To‘xta, bu amal bilan egasining
yuziga ur va yelkasiga yuklab qo‘y. Chunki kim ilm o‘rgansa va Alloh uchun amal qilsa,
unga hasad etardi. Uning amali gardaniga yuklanadi va modomiki, u hayot ekan, amali
uni lan’atlaydi”.
Kotib farishta so‘ngra bandaning mukammal tahoratli, kechasidagi ko‘p namozdan iborat
amalini ko‘taradi va oltinchi osmonga yetganida, qo‘riqchi aytadi: “To‘xta, bu amali bilan
egasining yuziga ur. Men rahmat egasi bo‘lgan farishtaman. Sohibing hech narsaga
rahm qilmadi. Agar Alloh bandalaridan biriga gunoh yoki yomonlik yetsa, u bilan xursand
bo‘lardi. Rabbim menga uning amalini o‘zimdan boshqaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni
buyurdi”.
Farishta bandaning rostgo‘ylik, ijtihod, chaqmoq kabi nurli taqvodan iborat amali bilan
ko‘tariladi va yettinchi osmonga yetadi. Yettinchi osmon farishtasi aytadi: “To‘xta, bu
amali bilan egasining yuziga ur va qalbini qulfla. Men hijob farishtasiman. Alloh uchun
bo‘lmagan har bir amalni berkitaman. U bu amalini yuqori ko‘tarilishni, majlislarda yod
olinishni, shaharlarda ovoza bo‘lishni xohlab qilgan edi. Rabbim menga uning amali
mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligimni buyurdi”.
Farishta bandaning ko‘p zikr va yaxshi xulq bilan bezalgan amalini ko‘taradi. Osmon
maloikalari uni kuzatib, arshning tagiga kelib to‘xtaydilar. So‘ngra u uchun guvohlik
beradilar. Alloh taolo aytadi: “Sizlar bandamning amalini saqlovchi-yozuvchisizlar. Men
uning o‘zidagi narsaga kuzatuvchiman. U bu amalini xolis Men uchun qilmadi. Unga
Mening la’natim bo‘lsin”. Farishtalarning hammasi: “Unga Sening va bizning la’natimiz
bo‘lsin”.
Keyin Maoz (r.a.) yig‘lab aytdilar: ”U zotdan: “Ey Rasululloh, nima amal qilay?” deb
so‘ragan edim, “Payg‘ambaringga iqtido qil, ishonchni mahkam tut. Agar amali kam
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |