www.ziyouz.com kutubxonasi
333
878. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Aslam qabilasidan bir kishi
Payg‘ambarga (s.a.v.): “Bu kecha men uxlay olmadim”, dedi. “Nima uchun?” deb
so‘radilar. “Meni chayon chaqib oldi”. Unga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Uxlayotgan
vaqtingda “A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq”, deb aytganingda, agar
Alloh hohlasa, senga hech narsa zarar bermas edi”.
879. Said ibn Musayyab aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) juma kuni Maozni yo‘qotib
qo‘ydilar. Juma namozini o‘qib bo‘lgach, Maoz kirib keldilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda:
“Nima uchun namozda ko‘rinmading?” deb so‘radilar. Maoz javob berdi: “Ey Rasululloh,
falonchi yahudiydan qarz olgan edim. Namozga chiqsam, u meni ushlab olishidan
qo‘rqdim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Maoz, senga bir duo o‘rgataymi, u bilan duo qilsang,
senda qancha qarzing bo‘lsa ham, Alloh taolo undan qutqaradi”, dedilar. Maoz: “Mayli,
ayting”, dedilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: Oli Imron, 26 – 27-oyatlarini o‘qiganingdan
so‘ng, ”Ya rohmanad dunyo val oxiroti va rohiymahuma, tu`ti minhuma man tasha`u va
tamna’y minhuma man tasha`u farhamniy rohmatan tug‘niyniy biha ‘ar rohmati man
sivak”, deb ayt.
Aytishlaricha, bu duoni asir kishi o‘qisa, Alloh taolo uni asirlikdan ozod qilar ekan.
880. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim tong
otgan paytda “Allohumma lakal hamd la-a ilaha illa anta, anta robbiy xolaqtaniy va ana
‘abduka amantu bika muxlisol laka diyniy. Asbahtu ‘ala ahdika va va’dika mastato’tu va
atubi ilayka min sayyii ‘amaliy vastag‘firuka lizunubiy. Innahu la-a yag‘firuz zunuba illa
anta”, desa, agar shu kuni o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Agar bu duoni kechasi aytsa
va kechasi o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Faqat bunda “asbahtu” ning o‘rniga
“amsaytu” deydi.
881. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kimki tong ottirib, uch marta “bismillahillaziy la-a
yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la-a fis sama`i va huvas sami’ul ‘alim”, degan
duoni o‘qisa, unga kechgacha hech qanday balo yetmaydi. Agar kech bo‘lganda aytsa,
ertalabgacha hech qanday balo kelmaydi.
Aytishlaricha, bu hadisning roviylaridan biri Abbonga shol kasali tekkan edi. (Alloh o‘zi
asrasin.) Shunda unga: “Bizga aytgan gapingiz qani?” deyishdi. Abbon: “Allohga
qasamki, yolg‘on gapirmadim, menga ham yolg‘on gapirishmagan, lekin Alloh meni shu
balo bilan imtihon qilishni xohlagan ekan, o‘sha duoni esimdan chiqartirib yubordi”,
dedilar.
882. Nofi’ Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.)
huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Rosululloh, men kambag‘allashib qoldim”, dedi.
“Farishtalarning salovoti, xaloyiqning tasbehi aytiladigan va ular rizqlanadigan paytda
qaerda eding?” dedilar. “U qaysi payt?” deb so‘radi. “Subhonallohi va bihamdih,
subhonallohil ‘aziym, astag‘firulloha”, deb subh kirishidan bomdod namozini
o‘qiguningcha yuz marta aytsang, senga dunyo xokisor holda keladi”, dedilar.
883. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uxlamoqchi bo‘lsalar, ikki
kaftlarini bir qilib, so‘ng ikkalasiga “Qul huvallohu ahad” va ikki “Qul a’uzu”ni o‘qib,
puflab, so‘ng ikki qo‘llarini yuzlariga, boshlariga va boshqa joylariga surtar edilar”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |