www.ziyouz.com kutubxonasi
298
754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.)
aytdilar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga
qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi”.
755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot
(s.a.v.) aytdilar: “Kim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa,
Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay)
odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi”.
756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan
Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga
chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: “Ey Rasululloh, menga ulov bering”.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Falonchiga bor, senga ulov beradi”. O‘shanga borgan edi,
tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy
(s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor”,
dedilar.
Boshqa bir hadisda: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir”, deyilgan.
757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir tilanchi
kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin
boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: “Kim bir yaxshilikni joriy
qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech
kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab
bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga
ham yoziladi”.
758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim qiyomat kuni beshta
xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun,
musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan
(holda kelsa)”.
759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din
samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh
uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar.
Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham
iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing.
Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima
kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga
boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal
qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing.
Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing,
qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va
ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing
yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani
ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”.
Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |