www.ziyouz.com kutubxonasi
70
kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga
ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim.
Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!”
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir
mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida
Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi
bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa,
naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u
kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti
Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on
o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga
qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini
topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni
quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni
qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida
qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta
imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan.
Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani
Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning
eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi
so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga
kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning
oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va
nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi,
so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni
duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh
berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab,
o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va
qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin
ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi.
Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan
ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib
turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma
amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari
o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb
so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin
aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki,
bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga
halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga
o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?”
deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta
qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga
tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam
birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa
necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim!
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |