O‘qituvchi irodasini tarbiyalash
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining irodaviy sifatlari juda muhim rol o‘ynaydi.
Psixologiya fani irodani tarbiyalashning o‘qituvchiga ma’lum bo‘lgan juda
ko‘p tomonlari, xilma-xil usullarini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham irodani
mustahkamlash pedagogning o‘z faoliyatida katta muvaffaqiyatga erishishida juda
muhimdir.
Iroda odam psixikasidagi hamma narsalar kabi alohida jarayon emas, u
odamning umumiy ma’naviy o‘sishi, ilg‘or fikrlarning chuqurlashuvi, e’tiqodning
o‘sishi, aqliy saviyaning kengayishi, ijtimoiy his-tuyg‘u shakllanishi barobarida
o‘sadi va mustahkamlanadi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |