O‘qituvchi irodasining umumiy tavsifi
Iroda – psixik hayotning bir tomoni bo‘lib, u kishi harakatining ongli maqsad
sari yo‘nalishida ifodalanadi. Bevosita ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf
etish bilan bog‘langan harakatga shaxsning irodaviy harakati deb ataladi.
Irodaning fiziologik asosi vaqtli bog‘lanishlarning murakkab tizimi hisoblanib,
u tashqi dunyo ta’sirida bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘ida tarkib topadi
“hamda xatti-harakatning dastlabki turli xil sabablari tashqi hissiy qo‘zg‘alishning
asosida yotadi” [11: 102].
Irodaning fiziologik mexanizmida bosh miya to‘qimalarining o‘zaro bir-biri
bilan bog‘lanishlari katta rol o‘ynaydi. Bu haqda I.P.Pavlov shunday yozadi:
“...Miya po‘stining kinestetik hujayralari organizmga tashqi muhitda va
shuning bilan birga ichki jarayonlardan bo‘ladigan taassurotlarni qabul qiladigan miya
po‘stining boshqa hamma hujayralari bilan aloqaga kirishi mumkin va haqiqatan ham
aloqaga kiradi” [12:146].
Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengish uchun kishi
irodaviy kuch sarf qilmog‘i lozim. “Irodaviy kuchni fiziologik jihatdan bosh miya
yarim sharlarining nerv to‘qimalaridagi qo‘zg‘alish hamda tormozlanish jarayonlari
o‘rtasidagi kurash deb tasavvur qilish mumkin” [13:89].
Inson o‘z irodasi bilan yengishi lozim bo‘lgan ichki va tashqi qarama-
qarshiliklar nimalardan iborat?
Birinchisi kishi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishdagi shaxsiy istak (shu
vaqtdagi dangasalik, uquvsizlik bilan qilingan ish, boshqa biron ishni bajarishga
moyillik, charchash), tashqi qarama-qarshilik esa obyektiv ish vaqtidagi qiyinchiliklar
hisoblanadi (ishdagi turli xil to‘sqinliklar).
Kishi katta miya yarim sharlarining «umumiy faoliyatiga» asoslanib turib iroda
kuchi bilan turli qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi, shuningdek, u yerda insonning
dastlabki hayot va mehnat tajribalarida tarkib topgan ko‘pgina nerv bog‘lanishlari
52
mavjuddir (uyqing keladi-yu, biroq ishga o‘z vaqtida borish haqidagi fikr senga
tinchlik bermay, o‘rindan turishga majbur qiladi).
Nima sababdan ayrim kishilar qiyinchilikni oson va tezda bartaraf etadilaru,
boshqalari esa aksincha juda sekin va qiyinchilik bilan bartaraf etadilar. Fiziologik
nuqtai nazardan bu hodisa ayrim kishilarda tashqi ta’sir natijasida miya po‘stlog‘ida
mustahkam bog‘lanish tizimi tarkib topgan bo‘lsa (Pavlovning «dinamik
stereotip»lariga ko‘ra), boshqalarida esa bu holat kamroq rivojlangan deb
tushuntiriladi. Irodaviy xatti-harakatda yana bir ikkinchi signal sistemasi mavjudki, u
insonning nutq orqali aloqa qilish vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan miya yarim
sharlaridagi nerv bog‘lanishlaridir.
Bizga ilk ta’sir etuvchi tashqi dunyoning bu barcha «qo‘shimcha» in’ikosi
insonga o‘z-o‘zini boshqarishda (fikrlashda, nutqda, his-hayajonda), shuningdek,
boshqalarga, ma’lum maqsadlar bilan voqyelikka ta’sir etishda katta yordam qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |