Fotimai Badriyya
(quddisa sirruho)
Ardabil (viloyati)da yashar edi. Orifa ayol bo‘lganligi naql qilinadi. Tasavvuf shayxlaridan
biri unga hazrati Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Haq taolodan naqlan: “Men
Meni zikr qilganning do‘stidirman” (qudsiy) hadisi haqida so‘radi. Fotimai Badriyya savol
bergan odam bilan bir oz suhbat qilgach, shunday dedi: “Sen zikr qilar ekansan, bunga
bog‘liq o‘laroq zikr qilinganni mushohada qilursan. Nihoyat, zamon va makondan xoli bir
yerda sening zikring Uning zikrida foniy bo‘lur, Uning seni zikr qilishi esa, boqiy qolur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |