Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
33
Undan bir miri ham oshirmaymiz. Chidasangiz shu. Agar o‘zboshimchalik qilib hosilni 
topshirmasangiz, bahorda berilgan bo‘nakni ikki hissa qilib undirib olamiz” deyishibdi. Xo‘sh 
aytingizlarchi, biz borib dehqonlarning haqqini undirib bersak, agar ular yaxshilig‘cha bermasa, kuch 
ishlatib tortib olib bersak, shariatga to‘g‘ri keladimi? 
Ahli ilm sukutga cho‘mdi. Ha, bek og‘ir masala qo‘ydi. Nihoyat, oqsoqollardan biri sukutni buzdi: 
— Bek, meni ma’zur tutasiz, nima bo‘lganda ham qanchadan-qancha dehqonlar qo‘l uchida bo‘lsa 
ham, shu shirkatdan olgan haqqi evaziga kun kechirib turibdi... 
Yana bir oz sukutdan so‘ng, uch-turt yil burun madrasa tahsilini tugatib kelib masjidda imomga 
noiblik qilib turgan Jaloliddin Maxsum katta yoshli ulamolardan so‘zlashga ruxsat so‘raganday, 
ularning yuzlariga bir qarab oldi-da, so‘z boshladi: 
— Har bir muslim va mo‘‘minga ma’lumki, Allohning amrisiz daraxtdan bir barg uzilib tushmaydi. 
Alloh shu fikrni, ya’ni dehqonlarning haqqini olib berishni ko‘nglimizga solibdimi, demak bu 
Allohning amridir. Qur’oni karimda keladiki, asta’di billoh:— “Al ma’muru ma’zurun” ya’ni, 
buyurilgan odam uzrlikdir. Bir odam bir ishni yuqoridan, aytaylik, arshia’lodan berilgan buyruqqa 
ko‘ra qilayotgan bo‘lsa, uning ishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uzrlikdir. 
Toshloqlik Zakariyo A’lam uni qo‘llab-quvvatladi: 
— To‘g‘ri, har bir ish Allohning amri bilan bo‘ladi. Biroq, Alloh bandalariga amr bilan bir qatorda 
ixtiyor xam berib qo‘ygan. Qur’oni majidning yana bir joyida Alloh Subhona va taolo shunday vahiy 
beribdi, asta’di billoh: — “Yo Dovudu, inno ja’alnaka xalifatan fil-arzi, fahkum baynan-nosi bil-
haqqi”. Ya’ni — kim, : — “Ey Dovud, biz seni yer yuziga xalifa qildik, endi sen odamlar orasida 
o‘zing bilib haq bilan hukm yurit.” 
— Bu shirkatning qilib yurgan ishlaridan mening ham xabarim bor, — deya davom ettirdi qo‘shni 
qishloq imomi, — shirkatning mutasaddilari suv tekinga olinayotgan paxtaning orqasidan shu tariqa 
boyib ketdilarki, bosar-tusarlarini bilmay qoldilar. A’uzu billahi minashshaytonir rojim, bismillahir 
rohmanir rohiym: “Izo tovatara alo ahadikum an ni’amu fal-yabki alo nafsihi faqad salaka g‘ayra 
tariqis-solihin”, ya’ni: “agar birortangizga ne’matlar birma-bir kelaversa, bas, ul kishi o‘z holiga 
yig‘lasin, chunki u yaxshi odamlar yo‘lidan yurmayotgan ekan”. Demak, masala ravshan. Asta’di 
billoh: “Izo zaxara al-xaqqu lam yabqa maahu g‘ayruhu”. Ya’nikim: “Haqiqat ravshan bo‘lgan vaqtda 
boshqa narsalarga o‘rin qolmadi”. 
Shermuhammadbek ahli ilmdan shu tariqa fotiha olgach, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, bir necha 
kundan so‘ng Akbaroboddagi shirkatga to‘satdan hujum qildi. Shirkat kattagina, yaxshi qurollangan 
otryad tomonidan qo‘riqlanardi. Hujum yarim tunda va to‘satdan bo‘lganligi uchun u yerdagi sallotlar 
esankirab qoldilar, zero, shirkat tashkil topgandan beri hech qanday kuch bu yerga hujum 
uyushtirmagan edi. Shermuhammadbekning yigitlari qora tunda shirkat binosini o‘rab oldi. 
Qorong‘uda bir-birlarini otib qo‘ymaslik uchun barcha yigitlar bilaklariga oq latta bog‘lab oldilar. Bir 
necha yigit bu yerga ikki-uch kundan beri dehqon qiyofasida kirib chiqib, joyning tuzilishini puxta 
o‘rgangan hamda bu yerdagi itlarga suyak berib, o‘zlariga royish qilib olgan edilar. O’sha yigitlar bir 
tugunchada itlarga yemish olib, shirkat binosining orqa tarafidagi pastroq devordan oshib tushdilar. 
Hididan tanigan itlar vovullamasdan ularning oldiga bordi. Ular tugunni yechib, itlarga nasibasini 
bergach, pisib borib, mudrab o‘tirgan darvozabonni tappa bosdilar. Og‘ziga latta tiqib, kamariga 
osilgan kalitni olib, darvozani ochdilar. Darvozaning yog‘sirab qolgan oshi-moshiqlari “qiy-qiy” deya 
ovoz chiqarib, harbiy soqchilardan bir nechasini uyg‘otib yubordi.  
Ular – Stoy, kto idyot? (To‘xta, kim kelyapti?) 
— Stoy, strelyat budu (To‘xta, otib tashlayman) deganlaricha miltiqqa yopishdilar. 
Shermuhammadbek yigitlari ochilishga ulgurgan darvozadan qiyqirgancha otilib kirib keldilar. Ana 
shu qiyqiriq sallotlarni esankiratib quydi. Otishma boshlandi. Yigitlar tez harakat qilib, bir necha 
sallotni yer tishlatdilar. Qolgan sallotlar yarim chala kiyingancha kazarmadan chiqib kelayotganlarida 
asir olindilar. Yigitlar barcha sallotlarni kazarmaga qamab, eshikni qulflab qo‘ydilar. Shunda so‘ng 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish