Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
42
birida yarim yovvoyi sahroyi xalqlardan birining bir nechta odami yo‘qolgan yilqi uyurini izlay-izlay
vodiyga kelib qoladilar. Vodiyliklar ularni mehmon qilib, kuzatib qo‘yadilar. Sahroyilar o‘z qo‘sh
(vaqtincha yashaydigan joy) lariga kelib, vodiyni bosib olish, u yerni doimiy yaylovga aylantirish,
erkaklarini qirib tashlab, xotin va qizlarini o‘zlariga xotin qilish fikriga tushadilar
va katta kuch bilan
vodiyga bostirib keladilar.
Vodiyliklar mardona jang qiladilar. Janglarda nafaqat jangchilar, balki qabila yoppasiga ishtirok
etadi. Umrlarida urush ko‘rmagan vodiyliklar yarim yovvoyi, beshikdagi bolasidan tishi tushgan
choligacha jangchi bo‘lgan sahroyilarga bas kela olarmidi? Xotinlar tirik qo‘lga tushmaslik uchun jon-
jahdlari bilan jang qildilar. Jangda barcha vodiyliklar halok bo‘ldilar. Kechasi jang maydoniga bo‘rilar
kirib keldilar. Mag‘rur, haromdan hazar qiladigan bo‘rilar o‘liklarga qiyo boqmay,
jang paytida egasiz
qolib, u yoqdan bu yoqqa chopib yurgan otlarni ov qildilar. Ashina nomli ona bo‘ri bir otni ta’qib qilib
kelayotgan edi, o‘liklar orasidan qimirlagan bir kishini ko‘rib qoldi. Bu og‘ir yarador bo‘lgan norg‘ul
bir yigit edi. Ashina uning kiyimidan tishlab sudraganicha yo‘lga tushdi. Uzoq yo‘l bosib, bir g‘orga
yetib bordi. Yigitni g‘orga olib kirdi. Uning jarohatlarini tili bilan yalab, tozaladi, g‘or devorlarida
qotib qolgan mumiyoni kemirib olib kelib, jarohatiga bosdi, toshbaqaning
kosasida suv olib kelib
ichirdi, xullas, parvarish qilib, yigitni oyoqqa turg‘azdi. Ashina yana bir yaralangan jangchi ayolni
topib keldi. Uni ham davoladi. Ayol Turk Urfa avlodidan bo‘lib Shahzoda Antinning qizi ekanligini,
bu sahroyilar urushda Urfa shohini mag‘lubiyatga uchratib bu qizni olib kelgan, ammo sahroyilarning
lashkarboshisi bu ajoyib so‘lim mamlakatni mag‘lub etgandan keyin bu qizga uylanishga o‘zi ahd
qilgan, ammo taqdir taqozosi bilan uning hozirgidek qonga belanib qolgani,
bu kimlar tomonidan sodir
etilgani faqat Allohga ayondir.
Xullas, har ikkisida o‘zaro mehr uyg‘ondi. Yillar o‘tdi, ulardan to‘qqiz nafar o‘g‘il farzand tug‘ildi.
Yigit ulardan biriga ona bo‘ri hurmati yuzasidan Ashin deb ism quydi. Yigit oilasi va ona bo‘ri vafot
etgach, voyaga yetgan mazkur to‘qqiz farzand turli tomonlarga tarqalib ketdilar. Ular har biri biror
qabilaga borib, istiqomat qilib, qabila boshliqlari qizlariga uylandilar. Ulardan tarqalgan avlodni
umumiy nom bilan “turk” deb, har qaysi farzanddan tarqalgan urug‘ni esa o‘sha farzand nomi bilan
atadilar. Shu tariqa, Ashin nomli farzanddan tarqalgan urug‘ Ashin urug‘i deb nom oldi. Urug‘
a’zolariga yangi tug‘ilgan paytda turli ismlar qo‘yilsada, urug‘ boshlig‘ida, albatta,
Ashin degan ot
qo‘yilar edi. Ha, Ashina bo‘rining odam bolalariga mehr ko‘rsatib o‘limdan olib qolganligi butun
bo‘rilar sulolasiga voqif bo‘ladi. Bu avlodlar ham bo‘rilarga keyinchalik yaxshilik qiladilar.
Afsonadan haqiqatga o‘tadigan bo‘lsak, turkiy xalqlar ichida Ashin urug‘i mavjud bo‘lgan. Turkiy
xalqlar tarixiga bag‘ishlangan barcha manbalarda bu urug‘ eslatib o‘tiladi. Milodiy eraning IV—V
asrlarida bu katta urug‘ning bir aymog‘i Farg‘ona vodiysiga kelib o‘rnashib qoladi va IV—VII asrlarga
kelib bu yerda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Manbalarning xabar berishicha, VI asr oxirida Farg‘ona
hukmdori bo‘lgan Ashin chinliklar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgach, uning o‘rniga qizi Ashina
Shuniy o‘tiradi. Bu oqila, go‘zal, jangovar ayol shu qadar mahorat bilan yurt so‘rab,
shunday jasoratlar
ko‘rsatadiki, Chin imperatori u bilan hisoblashishga majbur bo‘lib qoladi, sulh tuzadi va bu ayolga
chinakam hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Davrlar o‘tishi bilan, o‘zbek xalqining shakllanishi
jarayonida ashin urug‘i ham singib ketadi.
1919 yilni ko‘rgan mo‘ysafidlar afsonaga o‘xshab ketadigan bir voqeani so‘zlab berishgan. Bu
voqea shunday dong taratganki, tog‘lar va vodiylar oshib, turkiy xalqlar yashaydigan barcha joylarga
tarqalgan. Hatto usmonli turk adiblari ham bu voqeani o‘z asarlariga kiritganlar.
1919 yilga kelib, aholisining katta qismi turkiylar bo‘lgan Farg‘ona vodiysi
xalqi bosqinchilarga
qarshi milliy-ozodlik janggi olib borayotgan bir paytda, ashinlarning ona avlodi bo‘lmish bo‘rilar,
go‘yo ona bo‘ri Ashina ruhining chaqirig‘iga binoan o‘zlarining uzoq tutingan avlodlariga madadga
keladilar: vodiyning tog‘li yerlarida yashaydigan bo‘rilar qizil askarlar kazarmalariga va rus mujiklar
yashaydigan qishloqlarga gala-gala bo‘lib hujum qiladilar. Kimningdir otini, kimningdir chorvasini
bo‘g‘zidan oladilar. Bu voqeaning hayratlanarli jihati shuki, bo‘rilar o‘sha atrofda istiqomat qilib
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
43
turgan turkiy xalqlarga zarar yetkazmaydilar.
Bu voqeani shunday izohlash ham mumkin: ma’lumki, ruslar, ayniqsa
askar va zobitlar ovga
ishqiboz xalq. Ular hojat bo‘lsa-bo‘lmasa ov qilaverib, hududdagi, yovvoyi jonzotlarga qirg‘in
keltirganlar, ya’ni, bo‘rilarning rizq nasibasini qirqqanlar. Oqibatda och bo‘rilar ularning o‘zlariga va
chorvalariga hujum qilishni boshlaganlar. Shunday bo‘lsada, turkiy aholining bu hujumdan chetda
qolishi yana ajdodlar ruhi madadga kelganligi haqidagi fikrga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: