www.ziyouz.com
кутубхонаси
33
Undan bir miri ham oshirmaymiz. Chidasangiz shu. Agar o‘zboshimchalik qilib hosilni
topshirmasangiz, bahorda berilgan bo‘nakni ikki hissa qilib undirib olamiz” deyishibdi. Xo‘sh
aytingizlarchi, biz borib dehqonlarning haqqini undirib bersak, agar ular yaxshilig‘cha bermasa, kuch
ishlatib tortib olib bersak, shariatga to‘g‘ri keladimi?
Ahli ilm sukutga cho‘mdi. Ha, bek og‘ir masala qo‘ydi. Nihoyat, oqsoqollardan biri sukutni buzdi:
— Bek, meni ma’zur tutasiz, nima bo‘lganda ham qanchadan-qancha dehqonlar qo‘l uchida bo‘lsa
ham, shu shirkatdan olgan haqqi evaziga kun kechirib turibdi...
Yana bir oz sukutdan so‘ng, uch-turt yil burun madrasa tahsilini tugatib kelib masjidda imomga
noiblik qilib turgan Jaloliddin Maxsum katta yoshli ulamolardan so‘zlashga ruxsat so‘raganday,
ularning yuzlariga bir qarab oldi-da, so‘z boshladi:
— Har bir muslim va mo‘‘minga ma’lumki, Allohning amrisiz daraxtdan bir barg uzilib tushmaydi.
Alloh shu fikrni, ya’ni dehqonlarning haqqini olib berishni ko‘nglimizga solibdimi, demak bu
Allohning amridir. Qur’oni karimda keladiki, asta’di billoh:— “Al ma’muru ma’zurun” ya’ni,
buyurilgan odam uzrlikdir. Bir odam bir ishni yuqoridan, aytaylik, arshia’lodan berilgan buyruqqa
ko‘ra qilayotgan bo‘lsa, uning ishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uzrlikdir.
Toshloqlik Zakariyo A’lam uni qo‘llab-quvvatladi:
— To‘g‘ri, har bir ish Allohning amri bilan bo‘ladi. Biroq, Alloh bandalariga amr bilan bir qatorda
ixtiyor xam berib qo‘ygan. Qur’oni majidning yana bir joyida Alloh Subhona va taolo shunday vahiy
beribdi, asta’di billoh: — “Yo Dovudu, inno ja’alnaka xalifatan fil-arzi, fahkum baynan-nosi bil-
haqqi”. Ya’ni — kim, : — “Ey Dovud, biz seni yer yuziga xalifa qildik, endi sen odamlar orasida
o‘zing bilib haq bilan hukm yurit.”
— Bu shirkatning qilib yurgan ishlaridan mening ham xabarim bor, — deya davom ettirdi qo‘shni
qishloq imomi, — shirkatning mutasaddilari suv tekinga olinayotgan paxtaning orqasidan shu tariqa
boyib ketdilarki, bosar-tusarlarini bilmay qoldilar. A’uzu billahi minashshaytonir rojim, bismillahir
rohmanir rohiym: “Izo tovatara alo ahadikum an ni’amu fal-yabki alo nafsihi faqad salaka g‘ayra
tariqis-solihin”, ya’ni: “agar birortangizga ne’matlar birma-bir kelaversa, bas, ul kishi o‘z holiga
yig‘lasin, chunki u yaxshi odamlar yo‘lidan yurmayotgan ekan”. Demak, masala ravshan. Asta’di
billoh: “Izo zaxara al-xaqqu lam yabqa maahu g‘ayruhu”. Ya’nikim: “Haqiqat ravshan bo‘lgan vaqtda
boshqa narsalarga o‘rin qolmadi”.
Shermuhammadbek ahli ilmdan shu tariqa fotiha olgach, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, bir necha
kundan so‘ng Akbaroboddagi shirkatga to‘satdan hujum qildi. Shirkat kattagina, yaxshi qurollangan
otryad tomonidan qo‘riqlanardi. Hujum yarim tunda va to‘satdan bo‘lganligi uchun u yerdagi sallotlar
esankirab qoldilar, zero, shirkat tashkil topgandan beri hech qanday kuch bu yerga hujum
uyushtirmagan edi. Shermuhammadbekning yigitlari qora tunda shirkat binosini o‘rab oldi.
Qorong‘uda bir-birlarini otib qo‘ymaslik uchun barcha yigitlar bilaklariga oq latta bog‘lab oldilar. Bir
necha yigit bu yerga ikki-uch kundan beri dehqon qiyofasida kirib chiqib, joyning tuzilishini puxta
o‘rgangan hamda bu yerdagi itlarga suyak berib, o‘zlariga royish qilib olgan edilar. O’sha yigitlar bir
tugunchada itlarga yemish olib, shirkat binosining orqa tarafidagi pastroq devordan oshib tushdilar.
Hididan tanigan itlar vovullamasdan ularning oldiga bordi. Ular tugunni yechib, itlarga nasibasini
bergach, pisib borib, mudrab o‘tirgan darvozabonni tappa bosdilar. Og‘ziga latta tiqib, kamariga
osilgan kalitni olib, darvozani ochdilar. Darvozaning yog‘sirab qolgan oshi-moshiqlari “qiy-qiy” deya
ovoz chiqarib, harbiy soqchilardan bir nechasini uyg‘otib yubordi.
Ular – Stoy, kto idyot? (To‘xta, kim kelyapti?)
— Stoy, strelyat budu (To‘xta, otib tashlayman) deganlaricha miltiqqa yopishdilar.
Shermuhammadbek yigitlari ochilishga ulgurgan darvozadan qiyqirgancha otilib kirib keldilar. Ana
shu qiyqiriq sallotlarni esankiratib quydi. Otishma boshlandi. Yigitlar tez harakat qilib, bir necha
sallotni yer tishlatdilar. Qolgan sallotlar yarim chala kiyingancha kazarmadan chiqib kelayotganlarida
asir olindilar. Yigitlar barcha sallotlarni kazarmaga qamab, eshikni qulflab qo‘ydilar. Shunda so‘ng
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |