www.ziyouz.com
кутубхонаси
32
bermadilar. Otryad boshlig‘i qishloqqa hujum boshladi, duch kelgan hovlidagi erkaklarni sudrab
chiqib, bo‘lis idorasiga qamadi. Bu holni ko‘rgan qishloq va depara yigitlari duch kelgan narsa bilan
qurollanib, jazo otryadi qarshisiga chiqdilar. Jang boshlandi. Shermuhammadbek va uning sheriklari
kechagina tortib olingan miltiq va qilichlarni ishga soldilar. Biroq, yaxshi qurollangan, harbiy ta’lim
ko‘rgan otryadga bas kelish qiyin edi. Oxir oqibat jazo otryadi qishloqqa o‘t qo‘yib, bir qancha odamni
jangda o‘ldirib, bir qanchasini asir olib Skobelevga qaytib ketdi, o‘zi ham bir necha sallotini talafot
berdi. Shermuhammadbek va uning sheriklari jang oxirlaganda qariyalarning buyrug‘i bilan G’orbuvo
tomon chekinib, uning chakalakzorlaridan panoh topdilar.
Bir necha kun o‘tgach Shermuhammadbek aka-ukalari va bir necha sherigi bilan qishloq masjidi
imomi va nufuzli kishilaridan fotiha olib, kurash yo‘liga kirdilar. Ular yonlariga yana bir necha bo‘z
yigitlarni olib, Toshloqqa borib volost politsiyasining idorasiga to‘satdan hujum qildilar va qamoqqa
olingan sheriklarini ozod qildilar. Qishloqqa yana jazo otryadi kelishining oldini olish maqsadida
yigitlar ozod qilinganlar bilan birgalikda Yozyovonga chiqib ketdilar. Shu tariqa Shermuhammadbek
1916 yilda milliy-ozodlik harakati jabhasiga ilk qadamini tashladi. Mardikor olish voqeasi va uning
oqibatlari yigitlarga katta maktab bo‘ldi. Ularda mustamlakachilarga qarshi nafrat hissi uyg‘ondi. Bu
voqealar Shermuhammadbekning keyingi hayot yo‘lini belgilab berdi. U o‘zining oz miqdorli yigitlari
bilan hukumat korxonalari, omborlari, harbiy postlariga hujumlar uyushtirib turdi. Bu hujumlar,
avvalo, mustamlakachilardan qandaydir o‘ch olish vositasi bo‘lsa, ikkinchidan, talab ketilayotgan
boyliklarning bir qismini bo‘lsada, xalqqa qaytarish, uchinchidan esa, o‘zingizdan qolar gap yo‘q,
qandaydir darajada tirikchilik manbai ham edi, zero, o‘z oilalari, qo‘lidagi yigitlarini ovqatlantirish,
kiydirish, yigitlarning qurol-yarog‘ini ta’minlash kerak, axir, har doim boylardan kelgan yordam
hisobiga yashab bo‘lmaydiku.
Turkiston bosib olingach, Farg‘ona vodiysi Rossiyaning asosiy paxta xomashyo bazasiga aylandi.
Xom ashyoning katta bir qismi rus, yahudiy va mahalliy paxtafurush boylar tomonidan bevosita
Rossiyaning sanoat mintaqalariga olib borib sotilar, yana bir qismi esa dehqonlardan, shirkatlar
tomonidan yig‘ishtirib olinardi. Shirkatlarning faoliyati shunday ediki, erta bahorda shirkat paxtakor
dehqonlar bilan shartnomalar tuzar edi. Bo‘nak naqd pul, ishlab chiqarish vositalari hamda bug‘doy,
qand, gazlama kabi natura shaklida berilar edi. Hosil topshirilgach, shartnoma bo‘yicha to‘lovning
qolgan qismi berilardi. Hosil juda arzon baholanar, bu ta’bir joiz bo‘lsa, kuppa-kunduzi qilingan
qaroqchilikka o‘xshab ketar edi. Shunday bo‘lsada, dehqon bunga ko‘nishga majbur edi, zero, bahorda
berilgan bu narsa bilan kuzga yetib olish, kuzda shartnoma bo‘yicha olingan mablag‘ esa qishni
o‘tkazishga yarab turardi. Bu hol Shermuhammadbekka o‘xshab xalqni o‘ylaydigan yigitlarning
hamiyatiga tegar, qandaydir chora ko‘rishga da’vat etar edi. Ayniqsa, urush boshlanib, paxta xom-
ashyosiga ehtiyoj kuchayib, jahon bozorida paxtaning narxi keskin oshib ketgan holda shirkatlar
tomonidan narxlarning hamon past darajada to‘lanishi yigitlarning g‘azabini yanada oshirib yubordi.
Shunday shirkatlardan biri G’orbuvodan o‘n besh chaqirim masofada joylashgan Akbarobod
qasabasida edi. Shirkat ombori juda boy bo‘lib, unda toy-toy paxtalar, bug‘doy, qand-shakar, gazlama,
kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlari va turmush uchun yaroqli boshqa ashyolar saqlanardi...
1917 yil sentyabr oyi boshlari edi. Shermuhammadbek o‘z yigitlarini mozor xonaqohi yonidagi
takyaga to‘pladi. Shu deparalik bir necha ahli ilm va oqsoqollarni ham taklif qildi. Jamoat jam bo‘lib,
bir piyoladan choy ichilgach, Shermuhammadbek ahli ilmga murojaat qildi:
— Taqsirlar, domla pochchalar, biz o‘z vaqtida o‘qiy olmadik, madrasa tuprog‘ini yalay olmadik,
shu tufayli ayrim ishlarimizni shariatga mos kelish-kelmasligini bilmaymiz, bu borada sizlarning fatvo
va maslahatlaringizga doimo muhtojmiz. Shu xususda bir maslahatli ish chiqib qoldi, hammalaringiz
yaxshi bilasiz, Akbarobodda o‘ruslarning paxta yig‘ib oladigan shirkati bor. Arzimagan haq evaziga
dehqonning hosilini ko‘tarasiga olib, Rusiyaga olib ketadi. Men besh-oltita dehqonni u yerga yuborib,
paxtaning xarid narxini oshirishni talab qilishlarini so‘radim. Ular shirkat idorasiga borib, shu talabni
qo‘ydilar. Shirkat kattalari ularga shartnomani pesh qilib: “— Mana sizlar barmoq bosgan shartnoma.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |