www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
etilib, odamlar zo‘rlik bilan kommunalarga birlashtirila boshlandi. Kosiblarning do‘konlarigacha tortib
olindi. Dehqonning kuniga yarab turgan otlar armiya ixtiyoriga olindi, ustiga-ustak, Markazning “oziq-
ovqat razvyorstkasi” degan kompaniya e’lon qilinib, dehqonlar ko‘z qorachig‘iday asrab yurgan
urug‘lik donlarigacha tortib olina boshlandi.
Ushbu omillar, ayniqsa, muxtoriyat tufayli xalqdan yirtqichlarga o‘ch olinishi sabr kosasiga tomgan
oxirgi tomchi bo‘lib, xalqning qahr-g‘azabini toshirib yubordi. Xalq qo‘zg‘aldi! O’z nomusi, dini,
oilasi, yeru-mulki, vatanini dinsiz bolsheviklardan himoya qilish uchun qo‘zg‘aldi. Dashnoqlar va
bebosh qizil askarlardan o‘z qishloqlari, oilalarini saqlash uchun joylarda o‘z-o‘zini himoya qilish
guruhlari tashkil topa boshladi. Ularga hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, Sibir va qamoqxona azobini
tortgan, jang-jadal ko‘rgan, yo‘lboshchilik uchun salohiyatga ega bo‘lgan yigitlar sardor etib saylana
boshladilar. Bunday guruhlarni sovetlar “bosmachilar” deb atay boshladilar. U paytlarda milliy-ozodlik
harakati jangchilari degan ibora ishlatilavermas, ulamolar ularni mujohidlar, g‘oziylar, lashkari islom
degan atamalar bilan atab, oddiy xalq esa ularni yigitlar, falonchining yigiti der, “yigit” atamasi
“navkar” va “jangchi” atamasi bilan qorishib ketgan edi. Biror kishi ushbu ozodlik jangchilari safiga
qo‘shilmoqchi bo‘lsa, uydagilariga “Men falonchiga yigit bo‘lib ketyapman” deya e’lon qilar edi.
Mazkur guruhlarning sardorlari esa, “qo‘rboshi” deb atalgan. Bu atama tariximizning turli
bosqichlarida turlicha izohga ega bo‘lgan:
1. Qal’a (shahar) qo‘riqchilari boshlig‘i.
2. Oq podsho davrida: shahar, uezdning mahalliy aholidan iborat politsiyasi boshlig‘i.
3. Fevral inqilobidan so‘ng: shahar-uezd militsiya boshlig‘i.
Qo‘rboshilarning ayrimlari, masalan, Ergash, Madaminbek ham milliy-ozodlik kurashi
boshlanmasdan oldinroq shu unvonga ega edi.
Oktyabr to‘ntarishi va Turkiston muxtoriyati halokatidan so‘ng Turkistonda birinchilardan bo‘lib
milliy-ozodlik harakati bayrog‘ini ko‘targan zot, so‘zsiz, Ergash qo‘rboshi hisoblanadi.
Katta Ergashbek ham, Kichik Ergashbek ham Xo‘qandning Bachqir deparasidan. Bachqir xalqi
azaldan o‘z jangovarligi bilan atrof qishloqlar aholisidan farq qilib turadi. Bachqirliklar Qo‘qon xonligi
davrida urushlar holatida xalq lashkari—qoracherikning eng zarbdor kuchlari hisoblangan.
Shuningdek, taxt uchun kurash asnosida taxt da’vogarlari bachqirliklardan ko‘p marotaba
foydalanganlar. Soxta Po‘latxon bosh ko‘tarib chiqqanda ular yoppasiga Po‘latxonga yigit bo‘lganlar.
Xudoyorxonning ukasi, Marg‘ilon hokimi Sultonmurodbek Marg‘ilondan Qo‘qonga qochib kelib,
Miyon Hazratning hovlilariga yashiringan paytda uni bu yerdan chiqarib olishga hech kimning yuragi
dov bermaganda, uni bachqirliklargina bu dargohdan yulib olib chiqib keta olganlar. Ergashbeklar
mana shunday jangovar muhitda tarbiya olib, o‘zlari ham jangari yigitlar bo‘lib yetishdilar.
Haqsizlikka chiday olmaydigan bu o‘t yigitlar yo‘qsullar, kamsitilganlar tarafini olib, mirshablar,
politsiya, amaldorlar bilan ko‘p olishdilar.
Birinchi jahon urushi boshlanib, Rossiya birin-ketin mag‘lubiyatga uchray boshlagach, asrlar
mobaynida istilo qilingan yerlarning mazlum xalqlari paytdan foydalanib, ozodlik urushi boshlashidan,
u holda ikki frontda jang qilishga to‘g‘ri kelishidan cho‘chigan Oq podsho ma’murlari chet o‘lkalar,
jumladan, Turkistonda ko‘zga ko‘ringan, bo‘lajak ozodlik urushlarida yo‘lboshchilik qilishi mumkin
bo‘lgan kishilarni yo‘qotish, qamash, Sibir qilishga kirishdilar. Ular Ergashbeklarni ham odam
o‘ldirishda ayblab, Sibirning uzoq Turuxan o‘lkasiga surgun qildilar. Mustaqillikgacha bo‘lgan tarixiy
va badiiy adabiyotlarda ham Ergashbek odam o‘ldirish, ot o‘g‘irlashda ayblanib yo‘llarda qaroqchilik
qilib qamalganligi yoziladi.
Sibiriya surguni Ergashbek va ular qatori boshqa viloyat va deparalardan yuborilgan jasur yigitlarga
katta hayot maktabi vazifasini o‘tadi. Bu yerda mahalliy aholidan ko‘ra hukm qilinganlar, harbiy
asirlar, siyosiy mahbuslar, jinoyatchilar hamda Ergashbek kabi ehtiyot yuzasidan surgun qilinganlar
ko‘proq edi. Bu yerning o‘z qonunlari mavjud bo‘lib, “yashash uchun kurash” tamoyiliga asoslangan.
Yashash uchun kurash maktabini o‘tagan kishilar hayotining achchiq chuchugini totish, shaxs sifatida
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |