Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
34
ombor hovlisida turgan bir necha Qo‘qonarava hamda o‘rislarning mujik aravasiga o‘lja olingan qurol-
yarog‘, oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama va boshqa buyumlarni yuklab, G’orbuvoga qaytdilar. Shu 
deparadagi amin va oqsoqollarni chaqirtirib kelib, ularning boshchiligida o‘ljani depara qishloqlariga 
taqsimlab berdilar. Mahsulotlarning bir qismini va qurol yarog‘ni Shermuhammadbek o‘z yigitlari 
uchun olib qoldi. 
Oziq-ovqat, gazlama va boshqa ro‘zg‘or uchun zaruriy buyumlarni aholiga tarqatish xalq sayiliga 
aylanib ketdi. Illo kechagi jang bu yaqin o‘rtada mustamlakachilar ustidan qozonilgan birinchi g‘alaba 
edi. 
Shermuhammadbek sayil kayfiyatidan tezda chiqib oldi, zero oldinda katta xavf-xatar kutib turibdi. 
Hukumat bunday beboshlikni e’tiborsiz qoldirishi mumkin emas. Bugun bo‘lmasa ertaga jazo otryadi 
yetib keladi, shunga tayyor turish kerak. Jazo otryadi, tabiiyki, ishni Akbaroboddan boshlaydi, 
beboshlikni kim qilganligini aniqlaydi, shundan so‘nggina bu tomonga kelishi mumkin. Dushman bu 
yerga yetib kelishini kutmay, Akbarobod yaqinida tor-mor qilish kerak, yoki, uning yo‘lini boshqa bir 
usul bilan to‘sish kerak. Akbarobod yaqinida Vladikino temiryo‘l bekati joylashgan. Otryad o‘sha 
joygacha poezdda kelishi aniq. Demak, bekat va unga olib keladigan temiryo‘lni buzish kerak.
Ertasi Shermuhammadbek Vladikino temiryo‘l bekatiga kuppa-kunduzi to‘satdan hujum uyushtirdi. 
Bu yerda o‘ttiztacha sallot bor ekan. Ulardan o‘n beshtasi asir tushdi, qolganlari Akbarobodga qochdi. 
Shermuhammadbek bekatdagi qurol-yaroqlarni o‘lja olib, temiryo‘lning bir qismini buzib bo‘lgach, 
yo‘l bo‘yiga pistirma qo‘yishni mo‘ljalladi. Biroq qattiq jala yog‘ib unga imkon bermadi. Shundan 
so‘ng o‘ljalarni olib, asirlarni ozod qo‘yib, G’orbuvoga qaytib ketdi. 
Ikki-uch kun mobaynida rus ma’muriyatiga qarshi o‘tkazilgan, muvaffaqiyat qozongan bu ikki 
hujum rus harbiy ma’muriyatini hushyor torttirdi. Bunday beboshlikning oldi olinmasa, ular kengayib, 
mustamlaka tuzumiga qarshi urushga aylanib ketishi xech gap emas. Ertasi kuniyoq Skobelevdan 
G’orbuvo sari jazo otryadi yo‘lga chiqdi. Harbiy ma’murlar bu “beboshliklar” kimlar tomonidan 
amalga oshirilganligini aniqlab ulgurgan edilar. 
Shermuhammad “mehmonlar” ni yaxshi kutib olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Yigitlar ichida 
Bahrom Farang degan yigit bor edi. U bir necha yil Marg‘ilon va Skobelevdagi zavod-fabrikada o‘ris 
masterovoylar bilan ishlab, ulardan turli kasb-hunarlarni o‘rgangan, mardikorlikda ham bo‘lgan, bo‘sh 
vaqtida o‘zicha har xil narsalar ixtiro qilib yurar, shu hunarlari, qo‘li gulligi tufayli “Farang” 
(evropalik) degan laqab orttirgan edi. Ayniqsa farangning tayyorgarligi zo‘r bo‘ldi. Temiryo‘l 
bekatidan G’orbuvoga olib keladigan yo‘l qabriston yonidan o‘tgan bo‘lib, Shermuhammadbek 
yigitlarini qurollantirib shu yerga joylashtirdi. 
Jazo otryadi yaqin yetib keldi. Otryad razvedkasi oldinroq kelib Shermuhammadbekning yigitlari 
qabristonda joylashganligini aniqlab ketdi. Otryad boshlig‘i Poruchik Kravchenko otryadni qabriston 
sari boshladi. Otishma boshlandi. Qulay pozitsiyaga: qamishlar va chakalak orasiga, chuqurliklarga, 
ariqlar ichiga o‘rnashib olgan yigitlar birin-ketin sallotlarni qulata boshladilar. Sallotlar bunga javoban 
ikkita pulemyotni ishga soldilar, jang qizib ketdi. Yigitlar qulay joyda bo‘lishganliklariga qaramay, 
yarim doira hosil qilib otayotgan ikki pulemyot dahanidan chiqqan daydi o‘qlar ularni qamishzor, 
chakalakzor ichida ham topib borib, bir qancha yigitlarni shahid qildi. Yigitlarning o‘q-dorilari tugab 
borardi, shu tufayli ular faqat mo‘ljalga olib, oz-oz ota boshladilar, buni sezgan poruchik “ura” deb 
hayqirganicha hujumga boshladi. Shu payt qabrlardan oq sharpalar qalqib chiqa boshladi. Sallotlar 
oldiniga jang qizig‘ida bunga uncha e’tibor bermadilar. Oq sharpalar harakatga kelgandagina 
sallotlarning ko‘zi ochilib vahimaga tushdilar, ko‘z oldilarida dahshatli hodisalar ro‘y bera boshladi: 
qabrlardan kafanga chulg‘ongan arvohlar chiqib, qo‘llarini oldinga cho‘zgancha, go‘yo duch kelgan 
odamni o‘z qulochlariga olmoqchi bo‘lib, sallotlar tomon havoda suzib kela boshladilar. Sallotlar 
ichida mujiklardan chiqqan irimchilari ko‘proq edi. Ular qo‘llaridagi qurollarini tashlab, — “Sgin 
privedenie, sgin v preispodnyu (yo‘qol arvoh, jahannamga daf bo‘l) degancha cho‘qina boshladilar. 
Irim-sirimga ishonmaydigan dovyurakroq ba’zi sallotlar o‘zlarini yo‘qotmay arvohlar tomon miltiq va 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish