Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
front ishlariga olinadigan bo‘ldi. Mazkur nizomda shunday “engillik” berildiki, ro‘yxatga tushgan kishi 
o‘zi bormaydigan bo‘lsa, o‘z o‘rniga boshqa begona kishini mardikorlikka yollab jo‘natishi mumkin 
edi. Bu voqeaning “Mardikorlik voqeasi” deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. 
Safarbarlik dexqonchilik ishlari ayni qizigan payt—mayning oxiri, iyunning boshlariga to‘g‘ri kelib 
qoldi. Uzoq vaqtlardan beri hech qanday urush yoki boshqa ishlarga safarbar etilmay kelgan xalq 
uchun o‘z oilasidan bir kishini uzoq o‘lkalarga, o‘lim muqarrar bo‘lgan frontga, yoki qiyinchiligi 
darajasi bo‘yicha frontdan kam bo‘lmagan Sibir o‘rmonlariga daraxt kesish uchun yuborish og‘ir 
tuyuldi. Buning ustiga, mahalliy mutasaddi mahkamalarda safarbarlik bahona, tanish-bilishchilik, 
poraxo‘rlik holatlari boshlandi. Ya’ni uezd, volost idoralari xodimlari, amin va oqsoqollar o‘z tanish-
bilishlarini, pora berganlarni ro‘yxatga kiritmay, ularning o‘rniga oddiy fuqarolarni, xonadon 
tirikchiligini ko‘tarib turgan kishilarni yozib yubora boshladilar. Bu hol xalqning sabr-kosasini 
to‘ldirdi. Safarbarlikka qarshi norozilik harakati boshlanib, ko‘p joylarda qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. 
Shunday qo‘zg‘alonlardan biri Toshloqda bo‘lib o‘tdi. Atrof qishloqlar aholisi oqib kelib, volost 
boshqarmasi binosini o‘rab oldilar. Odamlar safarbarlik bekor qilinishini, ro‘yxatlar adolatsizlik 
asosida tuzilganligi uchun ularni yoqib yuborishni talab qilib chiqdilar. Volost boshlig‘i Abdurahmon 
Bo‘lis aholiga nasihat boshladi: 
— Aziz fuqaro! O’zingizni bosing, ko‘pga kelgan to‘y ekan, bu ham o‘tar-ketar. Bizga ham oson 
tutmang, biringiz ko‘zim bo‘lsangiz, biringiz qoshim. Qandoq qilayki, shu ro‘yxatni tuzishim kerak 
ekan. Xudo o‘z panohiga olsa, o‘g‘illaringiz, erlaringiz omon-eson qaytishar... 
Odamlar uni ortiq so‘zlatgani qo‘ymadilar, har tomondan savol shaklidagi po‘pisalar, xitoblar, 
talablar yangradi: 
— Nega pulga sotildingiz, bo‘lis? 
— Nega ro‘yxatga falonchi boyning, amin-oqsoqollarining o‘g‘illari kirmay qolibdi? 
— Olib chiq ro‘yxatni! 
— Bizning bolalarimizga kuni qolgan oq poshshoning uyi kuysin! 
Shu payt uezd hokimi ehtiyot shart uchun yuborgan bir necha politsiyachi va mirshablardan iborat 
bir guruh yetib kelib qoldi. Mahalliy tilni biladigan politsiyachi xalqqa qarata do‘q urdi: 
— Olomon, tarqal! 
— Tarqalmaymiz, — deya yakdil javob berdi olomon,— ro‘yxat bekor bo‘lmaguncha hech qayoqqa 
ketmaymiz! 
Bir paranji yopingan ayol politsiyachining oldiga borib: 
— Hoy o‘ris to‘ra, yaxshilikcha yakka-yolg‘izimni ro‘yxatdan o‘chirasanmi? – deb do‘q qilgan 
bo‘ldi. 
— Yo‘qol, sartning qanjig‘i! – deya politsiyachi ayolni miltiq qo‘ndog‘i bilan turtib yubordi. Bu 
turtki olomonning qo‘zg‘olishiga ham turtki bo‘ldi. Olomon ichidan 20—30 yosh-yalang otilib chiqib, 
politsiyaga hujum qildilar. Ular ichida Shermuhammadbek va uning aka-ukalari ham bor edi. Ular 
politsiyachi va mirshablarni urib yiqitdilar. Qo‘llaridagi miltiq, bellaridagi qilichlarini tortib oldilar. 
Qolgan ishni olomon saranjom qildi. Politsiyachilar va amaldorlarni do‘pposlab bir oz hovurdan 
tushgan olomon birin-ketin tarqalib ketdi. Shermuhammadbek aka-ukalari va bir qancha yigitlar bilan 
kaltak yeganlarni o‘rnidan turg‘azib, ust-boshini qoqib volost idorasiga olib kirdilar va ro‘yxatlarni 
berishni talab qildilar. Kuch ular tomondaligini bilib to‘rgan bo‘lis ro‘yxatlarni olib berdi. 
Shermuhammadbek ularga: 
— Agar mana shu men bilan birga bo‘lgan yigitlardan birortasiga biror narsa bo‘lsa, senlardan 
ko‘ramiz— hammangni ichagingizga osamiz, — deb po‘pisa qilib ogohlantirib qo‘ydi va ro‘yxatni 
tashqariga olib chiqib, yoqib yubordi. 
Garchi, birinchi kungi to‘polonda odam o‘lmagan bo‘lsada, viloyat harbiy gubernatori tomonidan 
jazo otryadi yuborildi. Jazo otryadi boshlig‘i bo‘lis va amaldorlardan kechagi to‘polon ishtirokchilarini 
ko‘rsatishni so‘radi. Ular, qasam va Shermuhammadbekning po‘pisasidan qo‘rqib, hech kimni aytib 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish