Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
orasiga rahna solishga qisman erishdilar ham. 
Shermuhammadbek 1921 yil fevralida yana Farg‘onaga qaytib keldi. Uning bu yerda yo‘qligidan 
foydalangan qizillar 1920 yil dekabr oxirida to‘satdan G’orbuvoga hujum qiladilar. 
Shermuhammadbek buni oldindan sezgan holda mudofaaga yarasha kuch qoldirib ketgan edi. 1920 yil 
dekabrda boshlangan to‘qnashuvlar 1921 yil fevralgacha – Shermuhammadbek tog‘dan qaytgan 
paytgacha davom etdi va shundan so‘ng qizillar G’orbuvodan chekindilar. Shermuhammadbek bu 
to‘qnashuvni tahlil qilar ekan, “G’orbuvoga bo‘lgan hujum – qizillarning talablarini rad etganim 
oqibati” degan xulosaga keldi va bu talab mojarosini xotirasidan o‘tkazdi: 
Dekabr oyi boshlarida sho‘ro qo‘mondonligi Shermuhammadbek va boshqa qo‘rboshilarga 
ultimatum yuborib, ulardan taslim bo‘lishni talab etdi. Shermuhammadbek bu talabni rad etdi. 
Shermuhammadbekning mazkur ultimatumga javoban 10 dekabrda yozilgan maktubidan bir parcha 
“O’zbekistonning yangi tarixi” kitobida tarixchi olim Qahramon Rajabov tomonidan keltiriladi: 
“...Sovet hokimiyati va bizning vakillar o‘rtasida sulh muzokaralari faqat Milliy Respublika 
Konstitutsiyasi (bu yerda so‘z Shermuhammadbek tomonidan 1920 yil may oyida tuzilgan Turkiston 
Muvaqqat hukumati Konstitutsiyasi haqida ketmoqda — muharrir) asnosida gap yuritilgandagina 
bo‘ladi. Shunday holatda muzokaralar olib borishni xohlasangiz, biz qachon va qaerga vakillar 
yuborishimizni xabar qiling”. 
Bosh qo‘mondon Shermuhammadbek muhri urilgan va Aliyorbek Qo‘rboshi tomonidan 
Farg‘onadagi sho‘ro hokimiyati vakillariga topshirilgan ushbu javob maktubi 19 dekabrda 
Toshkentdan Moskvaga jo‘natildi. Bunday “javob”, albatta, sho‘ro hukumati g‘azabini qo‘zg‘atmay 
qo‘ymas edi. 
1921 yil fevralida Shermuhammadbek keyingi janglar natijalarini tahlil qilish va yangi yurishlarni 
rejalashtirish uchun harbiy kengash chaqirdi. Tahlil va munozaralar yakunida ma’lum bo‘lishicha, 
hozirgi paytda milliy-ozodlik kuchlari Qo‘qon yo‘nalishini qo‘lda saqlab turibdi, Namangan hududida 
ba’zan g‘alabalar qo‘lga kiritib turilibdi, Andijon va O’sh hududlarida katta talafot berilgan, Oloy 
tog‘lari mintaqasida ahvol unchalik yomon emas edi. 
Chiqarilgan xulosaga ko‘ra, qo‘rboshilar Andijon va O’sh hududida faollikni oshirishlari kerak. 
Yo‘ldagi vaziyat yomon bo‘lishiga qaramay, Asqarbek qo‘rboshi yana qayta Oloy vodiysiga yuborildi. 
Muhiddinbekni hushyorlikka chorlash uchun vaziyat qaltis ekanligi xaqida maktub bilan chopar 
jo‘natdi. Andijon va O’sh yo‘lini ochish, anchadan beri faoliyati sustlashib qolgan Jonibek Qozidan 
xabar olish uchun Ro‘zimuhammadbek besh yuz nafar yigit bilan yo‘lga chiqdilar. Bu ikki qo‘rboshi 
Shahrixon, Asaka, Qo‘qonqishloq, So‘zoq, Qo‘rg‘ontepa orqali o‘tib, Jonibek Qozidan xabar olish 
uchun O’zgan tomon yurdilar. Shermuhammadbek esa G’orbuvo qarorgohida qolib, Qo‘qonga, Islom 
Polvonga qo‘shimcha kuch va o‘q-dori yuborib turdi. Fevral oyi oxirida G’orbuvo va uning atrofida 
hokimiyatini to‘liq tiklab, xotirjam bo‘lgach, sharqiy mintaqalar tomon yurish qildi. 
Shermuhammadbek Qo‘qon mintaqasidagi qo‘rboshilar bilan birgalikda harakat olib borib, aprel 
oyi oxirida Qo‘qon—Andijon yo‘nalishini o‘z nazorati ostiga oldi. Fevral, mart, aprel oylarida 
Qo‘qon—Andijon temir yo‘li chegarasida og‘ir janglar olib borildi. Shimol va sharq tomonidan qizil 
qo‘shin qismlari bu yerga kelish imkoniyatlaridan mahrum etildi. Mart-aprel-may oylarida Qo‘qon—
Marg‘ilon—Shahrixon—Andijon temir yo‘lining katta qismi buzib tashlandi. Aprel oyi oxiridan 
qizillar Qo‘qondan Andijonga poezdda bora olmaydigan holat yuzaga keltirildi.
Shuningdek, Marg‘ilon, Shahrixon va Quvaga ustma-ust hujumlar uyushtirilib, paxta tozalash 
zavodlari, paxta omborlari va temir yo‘l bekatlariga o‘t qo‘yildi. Fabrika va omborlardan o‘lja olingan 
boyliklar va oziq-ovqat mahsulotlari o‘sha davrda hukm surib turgan qahatchilikni ma’lum darajada 
bartaraf etish uchun ishlatildi.
Qo‘qon—Andijon temir yo‘lini buzish bilan qizillarning vodiy sharqiga harbiy qismlar va qurol-
yarog‘ olib borishi qiyinlashib qoldi. Qo‘qon—Namangan va Andijon—Namangan temir yo‘llarini 
buzib tashlashga ham farmon berildi. Biroq bu yo‘llar juda puxta qo‘riqlanar edi. Bu tomonlarda 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish