www.ziyouz.com
kutubxonasi
201
turib so‘radi:
— Xo‘sh, o‘lik topib kelib yoqibsanlar, meni ishontirdinglar. O‘rganning odamlari ham
ishondi. Ikkita kavkazlik qulog‘ini ushlab ketvordi. Xo‘sh, endi tirikligi ma’lum bo‘lganda
nima deysanlar?
— Buni ukaxoningdan so‘ra. Necha kundan beri o‘ylab qo‘ygandir?
— O‘ylab qo‘ydim, — dedi Chuvrindi uning pichingiga e’tibor bermay. — Katta yo‘lda
Jamshidni noma’lum odamlar to‘xtatishadi. Behush qilib olib ketishadi. Bir necha oy
qorong‘u yerto‘lada saqlashadi.
— Maqsad?
— Maqsadmi... pul talab qilishadi.
— Kimdan?
— O‘zidan.
— Nimaga chiqarishdi. Pul berildimi?
— Ha...
— Xom gaplar bu. Ko‘cha-ko‘ydagi odamlar uchun. Uning tirikligini bilsa anovi zumrasha
prokuror titib qoladi. Avval seni chaqiradi.
— Yana bir yo‘li bor.
— Qanaqa?
— Qiz masalasi. Qizni aldagan bo‘lishi mumkin. Uylanishga rozi bo‘lgach, chiqarishadi.
— Uylantirasanmi?
— Ha, o‘ziga yoqadigan bittasi bor.
— O‘ylab ish qil.
Jamshid masalasi shu tariqa hal etilgach, Kesakpolvon Sharif Namozov Moskvaga olib
ketilganini aytdi.
— Prokuror bolani ertasigayoq chiqarib yuborgan. U o‘zining ishini qilib yuribdi. Sharifni
qo‘liga kishan urib olib ketishdi. Indamay qarab tursak bo‘lmas.
— Qilichga tegmabdimi?
— Yo‘q, bir marta so‘roq qilgan. Suvdan quruq chiqdi, xumpar.
— Shunisi g‘alati, — dedi Chuvrindi.
— Nimasi g‘alati? — dedi Kesakpolvon ensasi qotib.
— Suvdan quruq chiqqani. Krasnoyarga yuborgan molning darrov qo‘lga tushgani ham
qiziq.
— Molning iziga Xongirey tushgan devdim-ku, — dedi Asadbek. So‘ng bir oz o‘ylandi-da,
davom etdi: — Xongireyga Hosil yetkazgan... Hosilga...
— Men senga aytuvdim, — dedi Kesakpolvon. — Qamoqdaligida uni G‘ilay yo‘qlab
turgan. Hosilga ham xizmat qilgan u xunasa.
— Buni isbot qilish kerak, — dedi Chuvrindi.
— Qiyin emas. Ruxsat bersang... — Kesakpolvon shunday deb Asadbekka yuzlandi.
— Yo‘q, hozircha jim turlaring. Sharifni nima qilishni o‘ylash kerak.
— Yo‘qotish kerak, — dedi Kesakpolvon.
— Haydar akam to‘g‘ri aytadilar. Vinzavodni kavlashtirish to‘xtatilmasa gazak olib ketishi
mumkin.
— Xongireyga aytamiz. O‘zi pishirgan oshni o‘zi ichsin. Shu ish bilan borilsa, o‘zi hal
qiladi. Mahmud, otlan, o‘zing borib kel. Ehtiyot bo‘l, yana Sharifning kallasini qo‘lingga
tutqazib yubormasin. Haydar, sen Sharifning oilasidan xabar olib qo‘y. Uyi bitganmidi?
— Yo‘q, chala edi, — deb javob berdi Chuvrindi.
— Bitirib berlaring. Bu olimchadan ish chiqarmikin, devdim, bo‘lmadi. Mayli, bola-
chaqasi bizdan ranjib yurmasin.
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |