Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
— Yotishlari kerak. Nur berib ko‘rish kerak. Dori-darmonlarni aytganman. 
Kesakpolvon «Asadni tuzatasan» deb buyurishga buyurdi-yu, «Bu endi unga qanday 
ro‘para bo‘ladi, o‘lishi kerak-ku?» deb o‘yladi. 
— Sen tuzatolmaysan. Do‘xtirning zo‘rini top, — deb buyrug‘iga o‘zgartish kiritdi. 
Tabib o‘ylanib turib, uch kishining ismini aytdi. Kesakpolvon ularni birma-bir 
surishtirayotganida ikkilangan holda yana bir ismni tilga oldi. 
— Kim u? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
— U do‘xtirmas, keksa bir tabib. Chorasiz kasallarni ham tuzatar emish. Lekin... 
hammani ham qabul qilavermas ekan. Hushiga kelmagan odamni yaqinlashtirmas 
emish. Men uni ko‘rmaganman. Eshitganman. Balki o‘sha... 
— Tabib dedingmi? Ha, ana endi o‘zingga kelding. Do‘xtiringdan shu tuzuk. Senlar 
o‘likning qornini yorib, keyin kasalini aytasanlar. Tabib tomir ushlab turib biladi. Shuni 
topamiz. Sen esa... Hayronman, seni nima qilsam ekan... Sen qasamni buzgansan. 
Ochig‘ini aytayinmi — joning Xumkallaning qo‘lida. U seni hurmat qilarkan. Joningni 
saqlab qolmoqchi. Mayli, men roziman. Sen esa o‘lmay desang, uning chizgan 
chizig‘idan chiqmaysan. Yot desa — yotasan, tur desa — turasan. Odam zotining ko‘ziga 
ko‘rinmaysan, tuxum bosib yotasan, tushundingmi? Biz chiqaradigan hukm bilan 
hazillashma. Endi boraver. Xumkallaga ayt, kirsin. 
Tabib Asadbekni tekshirib, kasalining rak ekanini aytganida Mahmud «Bu sirni birov bilsa 
— o‘lasan» deb ogohlantirgan edi. Tabib buni o‘sha onda shunchaki bir po‘pisa sifatida 
qabul qilgan edi. Qasami ham astoydil emas, ularning ko‘nglini tinchitish uchungina edi. 
Bu omi banda islom farzandi uchun bunday qasam ichmoq durust emasligini bilsa edi, 
tiliga ehtiyot bo‘larmi edi. U qasamini unutayozgan ham edi. G‘ilay kelib hiqildog‘idan 
olganda o‘t bilan o‘ynashayotganni fahmladi. Hozir Kesakpolvonning gaplarini eshitib, 
boshi uzra qanday abri balo to‘planib qolganini idrok etdi. Cho‘chqaning ozg‘ini, negrning 
mallasi bo‘lmaganidek, bu toifa odamlarning mehr-shafqati yo‘qligini shu paytga qadar 
bilmas edi. Tabib bu yerdan eson-omon, ayni choqda joni omonat holda chiqib ketajagini 
anglab o‘rnidan turdi. Holdan ketib, titrayotgan oyoqlarining o‘ziga bo‘ysunishi qiyin 
bo‘ldi. Uch-to‘rt qadam yurmay, Kesakpolvonning ovozini eshitib, to‘xtadi. 
— Agar... hech chorasi topilmasa... qancha yashaydi? 
— Aniq aytolmayman... uzog‘i bilan besh oyga borar. Yana Xudo biladi. Agar qaralmasa, 
tezlashib ketishi ham mumkin. 
— Agar yana birov surishtirib qolsa, rak emas, deysan. Hiqildog‘ingdan olsa ham, «besh-
olti yil yashaydi», deysan. Tushundingmi, endi bor, jo‘na! 
Tabib chiqqach, Xumkalla kirib keldi. 
— Seni qarzdor qilib qo‘ydim, — dedi Kesakpolvon unga tikilib. — Bo‘yningga ikkita jon 
ilindi. 
— Rahmat akaxon... lekin... sal tushunmadim? 
— Tushunish uchun kalla kerak. Do‘xtirni o‘ldirmaylik, dedingmi? Bu bitta jonmi? Endi 
buning yoniga o‘zingnikini qo‘sh. Sen xo‘jayiningni sotding, aytgan ishini bajarmading. 
Mahmudga aytsam, do‘xtiring bilan bitta go‘rda achomlashib yotarmiding? 
— Rahmat akaxon, endi tushundim. Yaxshiligingizni unutsam, til tortmay o‘lay. 
— To‘xta, o‘lmay tur. Avval qarzingni uz. Sen menga Mahmudning har bir aytgan so‘zini 
yetkazasan. Har bir bosgan qadamini kuzatasan. Bildingmi? 
— Bildim, akaxon. 
— Do‘xtirni nima qilasan? 
— Ishidan javob olsa... 
— Xo‘jayining juda aqlli-ku, senga o‘rgatmaganmi? Kalla bormi, o‘zi? Senga uni o‘ldir, 
debmidi? Ishxonasidan ruxsat olib, keyin o‘ldirasanmi? He, ahmoq! Hozirning o‘zida uni 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish