Murod Mansur
ASADBEKLAR FOJIASI
O‘zlaridan ajoyib iforlar taratib, yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, halimdan-halim
taqvodor bir pochchamiz bo‘lar edilar. Qodiriy domla Yusufbek hojining fe’lini u kishidan
olganmidilar yo o‘zlari shunaqamidilar — hech ajrata olmasdim. Ishqilib, shunaqa
xushfe’l, chiroyli mo‘ysafid edilar.
Men u kishi haqda na oldilarida, na orqalaridan yomon gap eshitganman. Faqat fazilat
axtarishar edi, hayratlanib charchashmasdi.
Yaxshi asar ham shunaqa bo‘larkan! Fazilat axtarib charchamas ekansiz. Xuddi Qodiriy
asarlaridan hanuz fazilat axtarib tolmaganimizdek, har gal yangi-yangi javohirlar
topganimiz kabi!..
«Shaytanat»ni o‘qib ham shu o‘ylarga bordim: «Qani edi, hammamizning Yusufbek
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
www.ziyouz.com
kutubxonasi
224
hojidek otamizu O‘zbek oyimdek onalarimiz bo‘lsa, o‘shalarning qanotida er yetishsak!
Asadbeklar shu ko‘ylarga tushmasmi edi?!» Va shunda butun fojia tag zamiri ila ko‘rinib
ketgandek bo‘ldi! Bekorga otalarimizdan ayirmagan ekanlar bizni!..
Mulla buvalari omon qolgan bolakaylar baxtli ekanlar! Issiq bag‘irlaridan chiqarmadilar.
Nima yaxshi, nima yomon, nima harom, nima harish, harqalay, ajratadigan qildilar.
Ammo mulla buvalari, opoqdodalari sovuq o‘lkalarga surgun etilib, otalari urushda,
qamoqlarda qolib ketganlar-chi? Ularning yozug‘i ne edi? Murg‘ak yuragiga yovuzlik
urug‘i tuxum qo‘yib ulgurgan bolakaylar, yetimxonalarni to‘ldirgan «zumrasha»larning
gunohini kim yelkasiga olgay? Qaysi jamiyatning sud kitobiga yozgaymiz? Asadbeklar
shu imonsiz jamiyatning mevalari, uning qasos o‘ti ko‘zini ko‘r qilgan «o‘g‘lon»lari
emasmi?
«Shaytanat» muallifining eng birinchi yutug‘i shundaki, u zulmning o‘q ildizini topib,
asarga qo‘l uribdi. Tohir ba’zilar o‘ylagandek oldi-qochdi, shunchaki sarguzasht asar
yozish uchun qo‘liga qalam olmagan. U ko‘p yillar yashab qoladigan va qancha kishilarni
sergak torttirib, shaytanat olamiga kirib qolishdan qaytaradigan chinakam badiiy asar
yaratibdi!
«Shaytanat» Tohir Malikning baland asari. Qoladigan asari. Har satri, sahifasidan
iste’dod nafasi (chuqur badiiy tadqiq ruhi) ufurib turibdi. Kimdir ilgarigi asarlariga
o‘xshata olmayotgan bo‘lsa, uni oxiriga qadar o‘qishga sabri yetmabdi. Yo‘nalishini
anglamabdi, mag‘zini chaqolmabdi.
Asar nainki Asadbeklar fojiasi haqida, balki u yaratgan shaytanat olami odamlarining
achchiq kechmishi, har bittasining oxiri voy bo‘lguchi taqdirlari haqida o‘ziga xos
betakror qissalar hamdir. So‘ng bari jamlanib, yaxlit bir ro‘monni tashkil etayotir...
Holisanilloh ayting: Chuvrindining taqdiri, boshiga tushgan achchiq qismat
Asadbeknikidan kammi?! Yoki bo‘lmasa, Anvarning fojiasi-chi, boshiga tushgan
ko‘rgiliklar-chi? Kimni, qaysi yurakni titratmaydi? Qolaversa, Asadbekning qizi
Zaynabning boshiga tushgan jafo toshi, abri balolar-chi? U ko‘rgan zulm, yovuzliklar qiz
bolaniki muhabbat ko‘chasidan chiqarib, qasos ko‘chasiga boshlasa, qaysi jamiyat,
tuzumni ayblash kerak? Shariat man etib qo‘ygan hadlarni lang «ochib qo‘ygan»
tuzumnimi va yo uni qaytarolmagan, o‘zi qaysi boshi berk ko‘chalarda shayton yetovida
ketayotgan Asadbekdek otalarnimi, qasos o‘tida yonib, yo‘lini yo‘qotgan va ustma-ust
gunohga botayotgan eri Elchinnimi? Yolg‘iz onaizor Manzura boshini qaysi toshlarga
ursin?!
Men Tohirning ko‘p asarlarini birinchi bo‘lib qo‘lyozmadan o‘qiganman. Hammasining o‘z
o‘rni, salmog‘i bor. Vaqtida voqea bo‘lgan asarlar. «Chorrahada qolgan odamlar» ham,
«So‘nggi o‘q» ham. Lekin bu galgi asari «Shaytanat»ni alohida bir intiqlik bilan kutdik.
Alohida bir titroq-la o‘qib chiqdik. Va men yashirmay ayta qolay. Uchinchi kitobi
qo‘lyozmasini ham hayajon-la o‘qib chiqib, qoniqish ila so‘nggi sahifasini yopar
ekanman, Yaratganga beadad shukrlar aytdim. Negaki yozuvchini Ollohning o‘zi qo‘llab,
o‘zi ilhom ato etibdi. Shaytanat olami fuqarolarining adashuvlarini ochmoqqa o‘zi izn
beribdi. Aksincha, bu zo‘ravonlikka qurilgan, yovuzlik barq urib unib-o‘sayotgan o‘ziga
xos xufiya saltanat olamini bunchalik tag-zamiri bilan tasvirlab bo‘lmas edi. Adashuvning
ildizi ochilmay-da qolishi mumkin edi. Bu qorong‘ilik — zulmat saltanatini chok-chokidan
so‘kib yuborguvchi nurni Tohir ko‘ra olibdi va o‘sha nur — chiroq yordamida uning qo‘l
yetmas puchmoqlarigacha qarangki, kirib boribdi. Bu nur iymon bo‘lib chiqdi! Agar
yozuvchi ko‘ksida shunday bir nur — toza iymon bo‘lmasa edi, uning shaytanat olamiga
safari besamar chiqmog‘i ham mumkin edi.
Men sal ilgarilab ketdim, chog‘i. Asli bir boshdan so‘zlamoqchi edim, asarning fazilatlarini
ta’min etgan tugunlardan so‘z ochmoqchi edim. Qirq to‘qqizinchi yilning so‘nggi kuni.
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |