www.ziyouz.com kutubxonasi
220
Kesakpolvon bilan bo‘lajak mojarolar edi.
Asadbek aytadiganini aytib bo‘lgach, Chuvrindini gapirtirmadi. «Uyingga borib, damingni
ol», deb ruxsat berdi.
Chuvrindi ketishi bilan Manzura kirdi. Asadbek xotiniga yolg‘iz ro‘para kelishdan, uning
gap boshlashidan cho‘chidi. Umrida birinchi marta nigohini yashirishga harakat qildi.
Erining ko‘z qarashidanoq nima demoqchi bo‘layotganini anglashga o‘rgangan Manzura
uning bir dardini yashirishga urinayotganini sezdi. Ro‘parasiga o‘tirib:
— Adasi...— deb gap boshlamoqchi edi, Asadbek o‘rnidan turdi.
— Safarga tayyormisan, erta-indin jo‘naysan,— dedi.
— Siz-chi? — deb so‘radi Manzura hayratlanib.
— Men... menga hukumat ruxsat bermabdi. To‘g‘rilasa bo‘ladi, deyishyapti, orqangdan
yetib boraman. Borolmasam, to‘yni o‘tkazib, kelinposhshalarni boshlab kelaverasan.
To‘yning o‘g‘il bolasini shu yerda qilamiz.
— Voy, adasi...
— Bo‘ldi, gapni cho‘zma. Men yotaman, charchadim.
Yotishga yotdiyu ko‘ziga uyqu ilinmadi. Yarim soatdan so‘ng telefon jiringlab,
boloxonadagi yigit Krasnoyardan Kozlov so‘rayotganini ma’lum qildi.
Kozlov hol-ahvol ham so‘rab o‘tirmay, muddaoga ko‘chdi:
— Asad, menga hech nima yubormay tur, vaziyat o‘zgaradiganga o‘xshaydi.
— Ie, kecha bir tsisterna jo‘natdik-ku?
Bu gapni eshitib, Kozlov sukut qildi, keyin bir qarorga kelib:
— Bir ilojini qilarman, tashvishlanma. Juda bo‘lmasa Irkutskka o‘tkazib yuborarman.
Hozircha aloqani uzib turamiz. Ish to‘g‘ri bo‘lishi bilan o‘zim xabar qilaman.
— Xongireymi?
— Ha.
— Ehtiyot bo‘l.
Shu so‘z aytilishi bilan telefon uzildi.
Asadbek uchun bu kutilgan noxush xabar edi. Lekin u Xongirey bu tarzda tez siquvga
olar, deb o‘ylamagandi. «Xongirey u tomonda ishga kirishgan bo‘lsa, Hosil nima karomat
ko‘rsatar ekan?» Asadbek bu haqda ko‘p o‘yladi. O‘zi bergan savolga tayin javob topa
olmagach, a’yonlarini chaqirtirdi.
3
Qilich Sulaymonov qil ustida yashayotganini bilardi. Yolg‘iz Asadbekka xizmat qilayotgan
bo‘lsa ham, yoki aksincha, faqat Hosilboyvachchaning yumushlarini bajarsa ham o‘lajagi
unga ma’lum edi. Shu bois usta dorvoz holida yashashdan o‘zga chorasi yo‘q edi. U
Asadbekning xizmatlarini bajarish barobarinda Hosilboyvachchani bo‘layotgan ishlardan
xabardor qilib turardi. Krasnoyarga bir tsisterna vino yuborilgani Hosilboyvachcha uchun
xushxabar edi. U xabarning suyunchisiga «zavodni o‘z-o‘zingga olib bermagan —
nomard» deb va’da berdi. O‘sha zahoti bu xabar Xongireyga yetkazilib, mo‘ljaldagi rejani
amalga oshirishga kirishildi.
Hosilboyvachcha bunday fursatni uzoq vaqt kutdi. U avvaliga Asadbekka havas qilgan
bo‘lsa, bora-bora bu havas hasadga aylandi. Bu hasad yillar bo‘yi bir on bo‘lsin, uni tinch
qo‘ymadi. Agar shu yillar ichi undan «yashashdan maqsad nima?» deb so‘ralsa,
shubhasizki, «maqsadim yagona — Asadbekni yanchish», derdi. U o‘ylay-o‘ylay
g‘oliblikning eng qulay, eng yaqin yo‘lini topa oldi. Zo‘rni zo‘rroq bilan yiqish afzalligiga
aqli yetgach, fursatni boy bermadi. Xongireyning qirq yoshga to‘lganini eshitdi-yu,
«baxtimdan o‘rgilay», deb otni qamchiladi. Ortiqcha chiqimga toqati bo‘lmasa-da, bu
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |