Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
— Hosilnikiga hayda, — dedi Valya amr ohangida. 
Bir necha daqiqa burun ko‘zlari nozli suzilib, o‘ynashlikka rozi bo‘layozgan xonim endi 
bekalik martabasiga chiqib oldi. Elchin ham unga so‘zsiz bo‘ysundi. 
— Nima yozganini so‘ramading? — dedi Elchin bir oz yurishgach. 
— Hosil tarjima qilib beradi. 
— Hosilnikiga borguncha xatning mazmuni o‘zgarib qolmaydi. Unda xazina haqida gap 
yo‘q. 
— Nega? — Valya unga hayrat bilan tikildi. — Nimani yozibdi? 
— Sen avval Zeli og‘aga nima bo‘lganini ayt. 
— Aytsam, aytmasam u endi yo‘q, bildingmi? 
— Nima bo‘ldi? 
— Mening bilganim shuki, u Moskva yuritayotgan bir siyosatga aralashib qolgan. Bu 
sohada biron nimani bilib qolgan kimsaning tirik yurishi mumkin emas. 
— O‘ldirishdimi? Qaerda? Sochidami? 
— Bilishimcha, o‘zining qishlog‘ida. 
— Qiziq... u qishlog‘iga ketgan edi. Menga Sochidan qo‘ng‘iroq qildi. Sochiga nima uchun 
bordi, seni ko‘rganimi? Keyin yana qishlog‘iga qaytdimi? 
— Mening bilganim shuki, Sochiga uni Xongirey oldirib keldi. Qutqarib qolmoqchi edi, 
eplay olmadi. Bu masalani chuqurlashtirma, qancha tez unutsang, o‘zingga shuncha 
yaxshi. Xatda nima debdi? Unga bir nima bo‘lganini qaydan payqading? 
— «Uzoqroq safarga qaytmas bo‘lib ketsam...» deb yozibdi. 
— Keyin-chi? 
— Bo‘yindagi qarzni sen to‘lab qo‘y, debdi. 
— Qanaqa qarz? 
— Farg‘onada bir turk qadrdoni bor edi. Uylari yonib ketgan ekan. Shuning o‘rniga 
masjid qurdir, debdi. 
— Masjid? — Valya sumkasidan sigaret chiqarib labiga qistirdi-da, tutatdi. — Esi past edi 
Zelyaning, esi pastligi uchun o‘lib ketdi. 
— Uning o‘lganini o‘zing ko‘rdingmi? 
— Yo‘q... Mening uyimdan olib ketishdi. O‘lganiga ishonmayapsanmi? Ishonaver. 
Ularning changalidan chivin ham qutulib chiqolmaydi. 
Elchin Hosilning mahallasiga yetganda chap qolib, atayin o‘ng tomonga burildi. Valya 
buni ko‘rib: 
— Chapga yurmaysanmi? — dedi. 
Elchinga shu gap kerak edi — Valyaning bu yerda avval ham bo‘lganini aniqladi. 
Darvoza ostonasida ularni Shomil qarshiladi. U g‘ilay ko‘zlarini Elchinga xunuk tarzda 
qadadi. 
— Hosil uydami? — dedi Valya hovliga kirib. 
— Ha, — dedi Shomil, — ichkarida. 
Valya Elchinga qarab «kutib tur», dedi-da, uy tomon yurdi. Elchin turgan joyida qotib 
turaverdi. Shu topda, kutilmaganda xayoliga bir fikr keldi: «Zeli og‘ani shularning o‘zi 
gum qilmadimi? — deb o‘yladi u. — Bularga faqat pul kerakmi? Hosilboyvachcha shu 
pulga muhtojmi?» 
Zelixon xayrlashayotgan paytda, qaytib kelmas bo‘lib ketayotganini sezganmi, semiz 
diplomatni Elchinning qo‘liga tutqazib: «Buning ichida ozgina pul, tilla, javohir bor. 
Qaytib kelmasam, men aytganday ishlatasan. Nima qilishingni bir xatga yozganman. 
Xatni Valentinanikiga qo‘yganman. Qaerdaligini senga alohida ma’lum qilaman. 
Ishonmayapti, deb o‘ylama. Shu xatni o‘qib, nima bo‘lganimni, nima qilish kerakligini 
bilasan», degan edi. Keyin «bu diplomat sen uchun bombaday gap, buning xushtorlari 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish