Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
ukamning ishini aytuvdim. «Chiqarib beradigan odam bor, ohanini to‘lasang, bas», dedi. 
Chiqimdan qochmadim, ozgina zakalat ham berdim. U meni Haydar aka bilan tanishtirdi. 
Keyin o‘zi yo‘q bo‘lib ketdi. Bilsam, o‘ldirib ketishibdi. 
— Jalol Komilovmidi? 
— Ha, bilasizmi uni? 
— Bilganda qandoq? Uni ham o‘shanda sen o‘lik oborgan o‘sha daraxtga osib ketishgan. 
O‘sha daraxt, chamamda, kimgadir yoqib qolgan. Bitta odamni osib o‘ldirishdi, bitta 
o‘likni osib yoqishdi. Endi kimni osishar ekan? Xo‘p, davom et-chi? Jalol Komilov pulni 
olib o‘lib ketdi. Pulga achinib yurganingda, Haydar akang yo‘qlab keldi. Sen xursand 
bo‘lib ketding. U esa «falon joydan bittagina o‘lik olib chiqib berasan», dedimi? 
— Yo‘q, o‘likligini bilmovdim. «Ikkita kavkazlik yigitning molini olib borib berasan, xitlar 
bilib qolsa, to‘g‘risini aytib ularni ko‘rsatasan, senga tegishmaydi», deganidi. O‘likni 
ko‘rganim yo‘q, o‘rab olib chiqishdi. Mashinani aytgan joylariga haydadim. Bir chetda 
poylab turdim. 
— O‘likxonadagi odamni taniysanmi? 
— Tanisam kerak. Ko‘tarishib chiquvdi. 
— Nega mujmal qilyapsan, «tanisam kerak», deganing nimasi? 
— G‘ira-shira edi, chiroq nurida basharasini yaxshi ko‘rmaganman. 
— Unda bashara bor ekanmi, qop-qorong‘ida ko‘rib tanisa ham bo‘ladi. 
— Ha, sochlari uzun edi. 
Hamdam Sayfini mashinada qoldirib, kasalxona bosh tabibining xonasiga kirdi-da, o‘zini 
tanitgach, voqeani qisqa holda bayon qildi. So‘ng o‘likxonadagi badbasharani chaqirtirdi. 
Badbashara Hamdamni taniganday bo‘ldi-yu, qaerda ko‘rganini eslay olmadi. 
— Men sendan yigirma sakkizinchi kuni bir o‘lik sotib olgan edim, eslayapsanmi? — dedi 
Hamdam dabdurustdan. 
Bu gapni eshitgan badbashara cho‘chib bosh tabibga qaradi-da, boshini sarak-sarak 
qildi. 
— Aldayapti, o‘rtoq glavvrach. Bunaqasi bo‘lmagan,— dedi. 
Hamdam gapni cho‘zmay bosh tabibdan yana ikki xizmatchining kirishini iltimos qildi. 
Xizmatchilar kirishgach, ularni badbashara bilan yonma-yon turg‘azdi-da, Sayfini 
chaqirtirdi: 
Yigirma sakkizinchi may, kechqurun bularning qaysi biri o‘likni olib chiqib bergan? — 
deb so‘radi rasmiy ravishda. 
Sayfi ikkilanmay, badbasharani ko‘rsatdi. 
Hamdam bu marosimni qog‘ozda rasmiylashtirgach, bosh tabibdan so‘radi: 
— Nima uchun murda sudmedekspertizada emas, sizning o‘likxonangizda yotgan edi? 
— U kasalxonaga og‘ir ahvolda keltirildi. Halokatdan so‘ng, to‘rt kun yashadi. Agar 
halokat bo‘lishi bilan joni uzilganda sudmedekspertizaga yuborilar edi, buni o‘zingiz 
bilasiz-ku? 
Hamdam unga javob bermay, badbasharaga qaradi: 
— Bu biz bilan ketadi. Kalit-palitlarini olib qoling. Jinoyatga aloqasi bo‘lmasa ham, 
o‘likxonadagi qilig‘i uchun osish kerak buni. 
Badbashara bir oz oyoq tiradi-yu, Hamdam baqirib, gardaniga bir musht urgach, mulla 
mingan eshakday bo‘ldi-qoldi. 
Hamdam uni ichki ishlar bo‘limidagi qamoqxonaga qamab, Zohidga telefon qildi. 
Zohidning telefoni javob bermadi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish