Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
— Nima deding? 
— Nima sababdan gumonsiraganini bilmayman. Bilib qolsam, Anvar degan laqma 
oshnam bor, o‘shanga aytaman, sizga oqizmay-tomizmay yetkazadi. Keyingi paytda 
shunaqaroq bo‘lib qolgan, dedim. 
Bu gapdan Anvar ranjidi. «Shuni odam deb yo‘qlab keldimmi?» deb afsuslandi. Hozir 
uning pichingiga javob qaytarsa gap talashib qolishlari mumkinligini bilib, indamadi. 
Boshini xam qilib o‘tirdi. Elchin bu holatni pushaymonlikdan deb tushunib, jahl otidan 
tushdi. Bir nafaslik sukut keraksiz gaplar seli yo‘liga to‘g‘on bo‘ldi. 
— Zaynab chiqmadimi? — deb so‘radi Anvar boshini ko‘tarmay. 
— Uch-to‘rt kundan keyin, deyishyapti. 
— Tezroq chiqsa sen ham tinchirding, uying ham huvillamas edi. Xotinim onasinikiga 
ketsa, uy meni yutvoray deydi. Bir kunga zo‘rg‘a  chidayman. Tag‘in ham sen temirdan 
ekansan. 
— Sen ham tinchirding, deysanmi?.. Qaydam... Men go‘rda ham tinchimasam kerak. 
Jinnixonadaligingda dunyoning formulasini topganingni aytuv-ding, esingdami? 
— U esdan chiqadigan formula emas. 
— Men ham bekorchilikda yoti-ib, boshqacharoq formula kashf etdim, — Elchin shunday 
deb ko‘krak cho‘ntagidan shapaloqday gazeta parchasini olib uzatdi. 
Anvar gazeta hoshiyasidagi Elchin «formula» deb atagan yozuvni  o‘qidi: 
— «Dunyo = qalloblik + firibgarlik + muttahamlik + hasad + ig‘vo + poraxo‘rlik + zo‘rlik 
+ kazzoblik + fahsh = (o‘lim)». Formulangga uncha tushunmadim? 
Elchin gazeta parchasini uning qo‘lidan olib, ikki bukladi-da, yana cho‘ntagiga soldi. 
— Tushunish uchun o‘qish kerak. Buning maktabida men o‘qib kelganman. 
— Shunaqa dono bo‘lib ketdingmi? — dedi Anvar kesatib. 
— Endi bildingmi? O‘n yil akademiyada o‘qidim. Sen bitta qallob bilan olishib ming‘irlab 
yuribsan. Men ko‘rgan qalloblar oldida seniki farishtaning o‘zi-ku? 
— Ol-a! Sen shu farishta bilan o‘n yil emas, o‘n kungina birga bo‘lsang bilarding. 
— Men bilgan narsalarni bilishing uchun sen yana yuz yil yashashing kerak. Men kashf 
etgan formula — haqiqat! Buning chorasi esa yolg‘iz o‘lim. Qallobni o‘ldirasan — firibgar 
senga ro‘para bo‘ladi. Firibgarni o‘ldirsang, fahshga duch kelasan. Bularni o‘ldirib 
qutuldim, deb turganingda qallobning farzandi ulg‘ayib turibdi-da. Qayoqqa qochasan? 
Birdan-bir panohing — o‘lim! 
— Sen menga taqlid qilyapsanmi? 
— Senga ahmoq odam taqlid qiladi. 
— Unda o‘limni istab qoldingmi? 
— O‘lgim ham yo‘q... Xohlaymizmi, xohlamaymizmi qachondir o‘lamiz. Ungacha 
muttahamlarning oyoqlari ostida xor bo‘lib yashash alam qiladi. Dunyoni osonlikcha 
ularga tashlab ketish undan ham yomonroq. 
— Ko‘nglim xijil bo‘lib turuvdi, yurakni battar siqding. 
— Ana shunaqa, haqiqat chatoq narsa. Hatto adolatparvar olimlarning ham yuragini 
siqib yuboradi. 
— Bas qil, bo‘lmasa hozir yorilib ketaman, — dedi Anvar ovozini bir oz balandlatib. — 
Men bu yerga bir ish bilan keldim. Qaynotangga uchrashishim kerak. 
— Nechuk, qaynotamga ishing tushib qolibdi? Bunaqa odamlardan hazar qilar eding-ku? 
Formulamning yana bir isboti bu: dunyo shunaqaki, hazar qilgan odamlaring qarshisida 
tiz cho‘kasan. 
— Formulangni qo‘ya tur. Qaynotang bitkazib beradigan ishim bitmay qo‘ya qolsin. Bir 
marta jinnixonadan chiqarib bergani butun umrimga tatiydi. Esingdan chiqdimi, otasi 
masalasida iltimos qiluvdi. Arxivni kavlashtirdim, endi natijasini aytishim kerak. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish