184. Shurayx Kufiy dedilar: Oisha roziyallohu anhodan savol kilindiki, Yo Rasulalloh,
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
sollallohu alayhi vasallam she’rdan misol yo dalil keltirardilarmi? Oisha dedilar: Ha. Ibni
Ravoxa she’ridan misol keltirar edilar, va bu so‘zlarni dalili o‘rnida o‘qir edilar
(tarjimasi): Keltirur senga xabarlarni ul odamiyki, sen anga xabar keltirmak uchun
hadya va yul harji bermagan eding.
185. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
marhamat qildilarki, shoir tilidan so‘zlangan so‘zning nihoyatda rosti va to‘g‘risi
Labidning bu so‘zidir: Dunyo xabardor bo‘lsinki, Allohdan boshqa har bir narsa botil va
bekordur, e’timodga loyiq emasdur. Va Umayya ibn Salt musulmon bulishga yaqin qolib
edi, lekin Alloh xohlamadi.
186. Jundab bin Sufyon roziyallohu anhu dedilar: G’azotlarning birida Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlarining bir barmog‘iga tosh tegdi. Undan
muborak barmoqlari qonadi. Shu holda bir shoir sahobaning bu bir misrasini o‘qidilar
(tarjimasi): Ey, barmoq, sen qonga belangan barmoqdursan va nimaga yuliqqan
bo‘lsang, Alloh yo‘lida yo‘liqding.
187. Baro’ bin Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Bir kishi u zotga dedi: Ey, Abu Umora,
sizlar Xunayn kunida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tashlab qochdingizlarmi?
Baro’ dedilar: yo‘q, qochmadik. Balki xudo nomiga qasamyod etib dermanki, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam maydonidin yuz o‘girib qochmadilar. Lekin avvalgi jamoadan
shoshilganlar qocha boshladilar. Chunki, Bani Xavozin merganlari ularni o‘qlar bilan
qarshi oldilar. Ular qochib turganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xachirlariga
mingan hollarida va ammazodalari Abu Sufyon uning yuganidan tutgan holda bu lafzlarni
o‘qir edilar (tarjimasi): Men nabiiydurman so‘zimda yolg‘on yo‘qdur. Men Abdul
Mutallibning o‘g‘lidurman.
I z o h. Bu urushda qochgan askarlar Bani Salim qabilasi bilan Makkada yangi musulmon
bulgan yoshlar edilar. Sahobalarning akobirlari albatta, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yonlarida hozir edilar.
188. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umrai qazoda
Makkai mukarramaga kirdilar, va Abdulloh bin Ravoha roziyallohu anhu oldilarida bu
she’rni o‘qidilar (tarjimasi): Ey, kofirlar avlodlari, qochinglar, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga yo‘l beringlar. Bu kun bu Janobni agar sizlar o‘tgan sanada to‘sgan kabi
to‘ssalaring, bizlar shundoq ururmizki, boshlaringni tanalaringdan judo qilurmiz, va
do‘stni do‘stidan xabar olgali qo‘ymasmiz. Umar roziyallohu anhu bu she’rni eshitib
dedilar: Ey, ibn Ravoxa, Rasululloh huzurlarida va Haramallohda bunday she’rlarni
o‘qiyapsanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, Umar, buni o‘z holiga
qo‘yib ber, bunday she’rlar kofirlarga o‘q yog‘dirgandan ziyoda ta’sir qilur.
189. Jobir bin Samura roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bilan yuzdan ziyoda suhbatda bo‘ldim. Hammasida ashobi kirom roziyallohu
anhum o‘z oralarida she’rlar o‘qishar edilar, va johiliyat davrida bo‘lib o‘tgan hikoyalarni
qilishar edilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam u majlislarda xomush so‘z qilmay
o‘tirar edilar. Balki ba’zi vaqtlarda ularga qo‘shilib, kulishar edilar.
I z o h. Bu hadisi muborakdan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
nihoyatda mahbub tabiatli bir zot edilar. Majlislarda bo‘lgan zotlar ozodlik birla suhbatda