Ya’ni taomning avvali va oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sobit bulgan
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
142. Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu dedilar: Bir kun bizlar Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot huzurlariga taom xozir qilindi. Men o‘sha kungi
taom kabi avvalida, ya’ni yemak boshlaganimizda nihoyatda, buyuk barakotli va oxirida,
nihoyatda kam barakotli taomni ko‘rmagan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
“bu nechun?” deb savol qildik. U zot dedilar: “Bizlar yeyishni boshlaganimizda Allohning
nomini zikr qildik, va “bismillah” dedik, keyin kelgan odam “bismillah” demay, yeya
boshladi. Bas shayton u bilan birga yeyishga o‘tirdi. Shuning uchun taomdan barokat
qochdi.
I z o h. Shayton ham bir maxluqdir, yemak va ichmak sifatlari bilan sifatlanadi. Bu
haqiqat. Tushuntirishga hojat yo‘qdir. Taom yeguvchi tanho bismilloh deb ham qo‘ysa
bo‘ladi, lekin bismillahir-rahmonir-rahim afzaldir. Ulamolar deganlarki: bismillohni
baland ovoz bilan aytilsin, toki demaganlar desinlar. “Bismillah” demak sunnati
ayniyadir, kifoya emasdir.
143. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Qachon sizlardan biringiz taom avvalida BISMILLOHNI unutib qo‘ysa, xotiriga tushgan
zamon BISMILLOHI AVVALAHU VA OXIRAHU desin. Ya’ni, avvalida ham va oxirida ham
xudo nomini tilga oldim.
144. Umar bin Abi Salama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirdi. U zot
qoshlarida taom mavjud edi. Dedilar: Yaqin kel, ey o‘g‘ilcham, va BISMILLOH degin va
o‘ng qo‘ling bilan yegin. Hamda o‘z oldingdan yegin.
I z o h. Umar bin Abi Salama Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘gay
o‘g‘illaridirlar. Bu hadisdagi odoblar hammasi sunnatdur. Taom yeganda avval
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIM deyilsin va keyin o‘ng qo‘l bilan tanovul qilinsin, va o‘z
oldidan olsin. Ba’zi ulamolarning qavllaricha, o‘ng qo‘l bilan yemoq vojibdir.
145. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qachon taomlaridan forig‘ bo‘lsalar, bu duoni o‘qir edilar. «ALHAMDU LILLOHI ALLAZIY
AT’AMANA VA SOQONA VA JA’ALANA MINAL-MUSLIMIN» (Tarjimasi: Hamd ul xudogaki,
bizlarga taom berdi va suv berdi va bizlarni musulmonlardan qildi).
146. Abu Umoma roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qachon xuzurlaridan dasturxon ko‘tarilsa, bu duoni o‘qir edilar: «ALHAMDU LILLOHI
HAMDAN KASIRON TOYYIBAN MUBORAKAN FIYHI, G’AYRA MUVADDA’AN VALO
MUSTAG’NAN ANHU RABBANO» (Tarjimasn: Hamma hamd Alloh Taologa xosdur. U
shunday hamdki, nihoyasi yo‘qdir, pokdur, barokatlidir. Shunday hamdki, na uni qo‘yib
bo‘lur va na undan bexojat bo‘linur. Ey, rabbimiz, shukrimizni qabul ayla).
147. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir taomni (olti
nafar sahoba bilan tanovul qilib turib edilar. Nogahon bir badaviy kelib qoldi. Qolgan
taomning hammasini ikki luqma qilib, tugatib qo‘ydi. Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam dedilar: Agar bu odam BISMILLOH deb boshlaganda edi, bu taom
hammalaringizga kifoya qilur edi. (Ya’ni, avval BISMILLOH deyilgan edi, oxirida bir
kishining BISMILLOH demay boshlashidan shayton taomga sherik bo‘ldi, keyin undan
barokat uchdi.)
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
148. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Alloh Taolo bandaning mana bu ishidan nihoyatda xush bo‘lgay: u bir luqma taom yeydi
va uning uchun Allohga hamd aytadi, yo bir qultum suv ichadi va uning uchun Allohga
hamd aytadi. ALLOHUMMA LAKA-L-HAMDU LA NUXSI SANO’AN ALAYK.
Do'stlaringiz bilan baham: