www.ziyouz.com kutubxonasi
25
127. Oisha roziyallohu anho dedilar: Qo‘l go‘shti haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga hammadan ziyoda mahbub go‘sht emas edi. Balki go‘sht o‘zi goho-goho
pishirilar edi, va qo‘l go‘shti boshqa go‘shtlardan tezroq pishib, tayyor bo‘lar edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu sababdan, tezroq taomdan forig‘ bo‘lib, o‘z
ishlariga mashg‘ul bo‘lmoq uchun uni tanovul qilmoqqa rog‘ib bo‘lar edilar.
128. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning bunday deganlarini eshitdim: orqa go‘shti go‘shtlarning yaxshirog‘idir. Bu
hadisdan ma’lum bo‘ladiki, u zot goho bu go‘shtdan ham tanovul qilgan ekanlar.
129. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: (Makka fath qilingan kunlarda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam mening uyimga kelib qoldilar, dedilarki: Uyingda yeyiladigan
xech bir narsa bormi? Men aytdim: Yo Rasulalloh, qotgan non va sirkadan boshqa xech
narsa yo‘q. Ularni keltir, dedilar, qaysi uyda sirka bor bo‘lsa, o‘sha uyda nonxurush yo‘q
deb bo‘lmas.
I z o h. Allohu akbar. Payg‘ambar hayoti sodda xayot edi. Na unda takalluf bor va na
unda yo‘qni yo‘ndirish bor. Koshki zamonamiz musulmonlari - bizlar, o‘z raxbarimiz va
o‘z peshvomizdan shunday oson va yengil hayot kechirishni ta’lim olsak, qolgan
umrimizni u zotga ergashish bilan o‘tkazsak.
130. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Saridning fazilati boshqa taomlarga nisbatan qanday bo‘lsa, Oisha roziyallohu anhoning
fazilatlari ham boshqa ayollarga nisbatan shunday.
I z o h. Go‘shtlik sho‘rvaga non to‘g‘ralsa, uni Sarid deyiladi, unda komil rizolik bor,
lazzati va quvvati ortiq deganlar. Hatto qarilarni yosh qiladi, deyilgan.
131. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Bir bor Rasululloh sallollohu alayhi vasallam
pishloq yeb, tahoratlarini yangi qildilar. Yana bir bor, qo‘y kiftidan yeb, tahoratlarini
yangi qilmay, namoz o‘qidilar.
I z o h. Ulamolar deganlarki, avvali Islomda o‘tda pishirilgan narsa yeyilganda, tahorat
sinar edi, keyin bu hukm mansux bo‘ldi. Pishloq yeb tahorat qilgan zamonlari mazkur
hukm bor davr edi. Keyin, go‘sht yeb, tahorat qilmay namoz o‘qigan zamonlari esa bu
hukm mansux bo‘lgan davrda bo‘lgan.
132. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Safiyya
roziyallohu anxoning to‘ylarini xurmodan va talqondan qilib berdilar.
I z o h. Safiyya onamiz Xorun alayhis-salom avlodlaridan edilar. Hijratning yettinchi
yilida Xaybar g‘azotida asir tushgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni
ozod qildilar va o‘z nikohlariga oldilar, va safar ustida to‘ylarini ham qilib berdilar. O’sha
soatlarda nima mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha bilan to‘y kilib berganlar.
133. Salmo roziyallohu anxo (bu zot Abu Rofi’ roziyallohu anhu Rasulullohu alayhi
vasallamning xotinlarining xodimi, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning
xodimalari va oshpazlari Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohimning doyalari) rivoyat qiladi: bu
zotning qoshlariga imom Hasan va Abdulloh ibn Abbos va ibn Ja’far roziyallohu anhum
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |