Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

Borib Toshkandning sayrin etib, bir necha kun turub, ondin so‘ng, Xorazm tarafiga murojaat etib, bir 



necha oyning ichida davlat bila qaytib kelib padari buzrukvorlarining dastbo‘sliqlari sharafi bila 

musharraf bo‘ldilar. 

Hijratning ming uch yuz o‘n to‘qquzlanchi yilida Muhammadmurod devonbegi olami foniyg‘a 

vido’ qildi. Ondin olti o‘g‘ul qoldi. Avvalg‘isi Husayn Muhammadboy, ikkilanchisi Omonkeldiboy, 

uchlanchisi Shayx Nazarboy, to‘rtlanchisi Qutlug‘ Qadam, beshlanchisi Qutlimurodboy, oltilanchisi 

Xudoyberganboydur. 

Hijratning ming uch yuz yigirmalanchi yili yamut avboshlari har tarafdnn tug‘yon etib, yo‘lchilarni 

talab, mollarin toroj etmakni boshladilar va usto Safar Ali degan yamut solg‘utni bermadi. Bu 

so‘zlarning istimo’idin xon hazratlariga g‘azab mustavli bo‘lub, tamomi o‘zbak va chovdar va Ota va 

Qarodoshli lashkarlarin jam’ qilib, shahzoda Sayyid Abdullo to‘rani o‘runlarida joynishin etib, 

yonlarida Shayx Nazarboyni qo‘yub yamut ustiga ravon bo‘ldilar. Bu safarlarida hazrat shahzoda 

Sayyid Asfandiyor to‘ra doma iqbolahu ham’inon erdilar. Chun yamut ustiga bordilar, Nurjon 

Bahodirni bir miqdor lashkar bila usto Safar Alining ustiga ma’mur etdilar. Nurjon Bahodir borib bir 

miqdor otishg‘ondin so‘ng, usto Safar Alini dastgir etib, boshin kesib havlisin toroj etib va o‘tlab 

boshin olib keldi. 

Ondin so‘ng xon hazratlari hazrat Sayyid Asfandiyor to‘ra doma davlatuhuni Taxta tarafiga irsol 

etib o‘zlari kuch qilib Toshhavz tarafiga ravon bo‘ldilar. Borib Toshhavzg‘a tushub onda o‘n to‘rt kun 

miqdori tavaqquf etdilar va Naqibxo‘jani solg‘ut olmoqg‘a ma’mur etib Taxtag‘a yubormish erdilar. 

Chun hazrat Sayyid Asfandiyor to‘ra doma davlatuhu Taxta tarafiga azm etdilar. Chun Taxtag‘a 

bordilar, onda havlilariga tushub qaror tutdilar. Har tarafdin fuqaro eshitib, kimning yamutlarda haqlari 

bo‘lsa, arz eta berdilar. Shahzodayi jahon navkarlarga buyurub, urub olib beraberdilar. Moli talang‘on 

kishilar ham arz etib shahzodaniig amri oliylari bila navkarlar o‘g‘ri va avboshlardiya urub topdurub 

beraberdilar. Tamomi Xorazm aholilaridin kimning yamutda haqqi bo‘lsa, xabar eshitib kelib, 

yamutlardin haqdarin oldilar. Shahzoda o‘n uch kun miqdori Taxtada turdilar. Kishi qolmadikim, 

yamutda haqqi bo‘lub, ul haqqini olmayin qolg‘on bo‘lg‘ay. Ondin so‘ng, shahzoda otlanib Toshhavz 

tarafiga ravon bo‘ldilar. Naqibxo‘ja hanuz solg‘utni undurub bo‘lg‘oni yo‘q erdi, ul Taxtada qoldi. 

Yonida bir miqdor navkarni shahzoda solg‘ut undurmak uchun qo‘yub ketib erdilar .Olar bila solg‘ut 

undurmakka muqayyad bo‘ldi. Shahzoda rikobi humoyunlaridag‘i lashkarlari bila Toshhavzg‘a borib 

podshohi oliyjohning mulozamatlari sharafi bila musharraf bo‘ldilar. 

Xon hizratlari shahzodaning Taxtada etgan ishlarining xabarlarin kun-bakun eshitib g‘oyatda 

xushholu minnatdor erdilar. Hazratlariga kelgan hamono og‘ushlarig‘a olib ko‘rushub favqulodda 

navozishu mehribonliqlar izhorin etib, ko‘p minnatdor bo‘ldilar. 

Muning so‘ngg‘i kuni xon hazratlari otlanib, yo‘lg‘a kirib Hiloliyg‘a borib tushtilar. Ondin otlanib 

Oqupaga borib tushtilar va ondin otlanib Ko‘hna Urganjga borib qaror tutdilar va o‘rnda bo‘lgon 

avliyoullohning mozori fayzosorlarining ziyoratlarin etib ko‘p nazrlar va sadaqalar berib hammaii 

xushhol etib va o‘n besh kun miqdori ko‘hna Urganjda turub, ondin so‘ng inoni azimatlarin

226

 Xevaq 


tarafiga ma’tuf

227


 etib tajammuli ujbi

228


 bila yo‘lg‘a kirib yurudular. Har elningkim, ustidin o‘tar 

erdilar, ul elning sag‘iri-kabiridin tamomi aholilari imomu muazzinlari bila istiqbollarig‘a chiqib yo‘l 

ustida turub fotiha berib va duo qilib qolur erdilar. Bu tariqada besh kun yo‘l yurub Xevaqning 

yovuqig‘a kelganlarida tamomi ulamo va tamomi Xevaq aholilari istiqbollarig‘a chiqib duoyi 

davlatlarin etdilar. 

Faqirg‘a kitobi «Tarixi Tabariy»ni forsiy tilidin turk .tiliga tarjima etmak xizmatin buyurib erdilar. 

Bu sababdin rikobi humoyunda keta olmay amri oliylari bila qolib erdim. Man ham istiqbollarig‘a 

chiqib duo qildim. Chun g‘oyat shon-shavkatu shikvayi hashmat bila kelib shaharga kirib kelib taxti 

                                                      

226


 Azimat — yo‘nalish, safarga jo‘nash. 

227


 Ma’tuf – qaratmoq, mayl ettirmoq. 

228


 Tajammul ujbi — davlatmandlik shuhrati. 


Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish