www.ziyouz.com kutubxonasi
47
munavvaraga borib, Rasul Akram sallalloh alayhi vassallamning ravzayi shariflariniig ziyoratlarin etib,
ondin so‘ng quddusi Sharifga borib, masjidi Aqsoning ziyoratin etib va ul yerlarda yotg‘on tamomi
anbiyoyi alayhim us-salavotu vas-salomning ziyoratlarin etib, hijratning ming uch yuz beshlanchisida
qaytib kelib, tamomi xeshu aqrabolar bila ko‘rushub xon hazratlarini ko‘rub, xon hazratlari po‘rsishi
mushfiqona bila ko‘p mehribonliqlar ko‘rguzdilar.
Mundin ikki yil miqdori o‘tub, hijratning ming uch yuz yettilanchisida sig‘ir yili Ibrohimxo‘ja
rihlat ko‘sin
223
urub, jahoni foniydin saroyi boqiyg‘a intiqol etdi. Ondin to‘rt o‘g‘ul qoldi. Avvalg‘isi
Ismoilxo‘ja, ikkilanchi Islomxo‘ja, uchlanchi Ishoqxo‘ja, to‘rtlanchi Muhammad Ya’qubxo‘ja erdi,
Pahlavon mirzoboshi oning tarixi vafoti uchun kam-besh yigirma bayt miqdori aytli, faqirning
yodimda qolg‘oni ushbu bir bayt erdi. Bayt:
Komil ul Sayyid yuzin ko‘rmay dedi,
Xo‘ja Ibrohimi jannat joygoh.
Maxfiy qolmasunkim, bu tarix adad yuzidin oltmish ziyod erdi. Amali ta’miya
224
bilan «Sayyid
yuzin ko‘rmay debsen», adadining isqotig‘a
225
ishorat etibdur. Chun «sen» oltmishdur, oltmish soqit
bo‘lsa, tarix durust bo‘lur.
Chun Ibrohimxo‘ja jahondin bordi, xon hazratlari Sayyid Abdulloxo‘jani Hazoraspdin kelturub
oning o‘rnig‘a qoyim-maqom etdilar va Islomxo‘ja ibn Ibrohimxo‘jani Hazoraspga hokim etib
yubordilar. Mundin bir yil o‘tub, hijratning ming uch yuz dog‘i o‘n birlanchisida Ibrohimxo‘janing
devoni Muhammad Ya’qub devonkim, sil kasaliga mubtalo erdi, jahoni foniydin olami boqiyg‘a yuz
qo‘ydi. Ondin Abdulrahim otlig‘ bir o‘g‘ul qoldi. Xon hazratlari oni otasining o‘rnig‘a devon etdilar.
Chun Abdulrahim yosh erdi, Sayyid Abdulloxo‘janing Hazoraspda hokim erkanida Muhammad Amin
degan bir kishisi bor erdikim, Hazoraspga nizom berib tamomi Hazorasp aholilarining duolarin olib
yurur erdi. Oni kelturub Abdulrahimning yonida qo‘ydi, tokim, daftardorlik va fuqaroparvarlik
rusumining ta’limin etgay, so‘ngra devonliqning o‘zi Sayyid Abdulloxo‘janing ra’yicha Abdulrahimda
turmay Muhammad Aminga intiqol etib oni Muhammad Amin devon dedilar. Ushbu yil Iso to‘ra
jahoni foniyg‘a vido’ qilib; ondin o‘g‘ul qolmadi. Hijratning ming uch yuz o‘n uchlanchi yilida Qadam
yasavulboshi jahondin borib, ondin o‘g‘ul qolmadi. Xon hazratlari oning o‘rnig‘a Yunus mahramni
yasavulboshi etdilar.
Sanayi hijriyning uch yuz o‘n to‘rtlanchisida muvofiqi bijan yili xon hazratlari Peterburg‘ safari
azmin jazm etib shahzoda Ubaydullo to‘rani o‘runlarida joynishin etib, xizmatlarig‘a Sayyid
Abdulloxo‘jani ta’yin qilib, xizmatlarida Muhammadmurod devonbegi va Muhammad mahram va
Yunus yasavulboshi va g‘ayruhumni hamroh qilib Peterburg‘ tarafiga ketdilar. Bir necha oydin so‘ng
davlat bila yana sog‘u salomat kelib hamma istiqbollarig‘a chiqib viloyatda ajab xushvaqtliq paydo
bo‘ldi. Xon hazratlari kelib taxti davlatda qaror tutdilar.
Hijratning ming uch yuz o‘n oltilanchisida va shavvol oyi va panjshanba kunida Sayyid
Abdulloxo‘ja baho olamig‘a xirom etib, ondin Muhammad Aminxo‘ja va Sa’idulloxo‘ja otlig‘ ikkk
o‘g‘ul qoldi. Xon hazratlari Islomxo‘jani Sayyid Abdulloxo‘janing o‘rnida qoyim-maqom etdilar.
Mundin bir yil o‘tgandin so‘ng, xon hazratlari Muhammadniyoz devong‘a Tozabog‘ havlisin yiqib
o‘rnig‘a bir havli toshdin bino qilmoqni buyurdilar. Hijratning ming uch yuz o‘n sakkizlanchi yili va
zulhijjaning beshlanchisida dushanba kuni hazrat shahzodayi zamon va valiahdi davron amri oliy bila
Toshkandga ketmakka ma’mur bo‘lub, Husayn Muhammadboy va Omonkeldiboy xizmatlarida
ketmakka ta’yin toptilar. Bas, shahzodayi jahon Ibrohimxo‘ja ibn Ya’qubxo‘ja va Sohib Nazarboy ibni
Bobo mehtar va Ashur mahram va g‘ayruhum bila mazkur bo‘lg‘on kunda Toshkand azmin etdilar.
223
Rihlat ko‘si — bu dunyodan ketish, o‘lim nog‘orasi.
224
Amali ta’miya — muammogo‘ylikdagi bir usul, biror narsani pinhon etish yoki o‘chirish.
225
Isqot — muammogo‘ylikdagi soqit qilish, olib tashlash, yo‘q qilish usuli.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |