Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

so‘rashib bir miqdor o‘lturub erdi, yana to‘p sadolari kela berdi, Hamma mutahayyir



147

 bo‘ldilarkim, 

yangi bular sulh so‘zin orag‘a solib kettilar. Hanuz shaharga borg‘onlari yo‘qdur, bu ne voqe erkan. 

Voqea bu erdikim, Amir bila Otajon to‘ra Kaufmanning yonig‘a ketgandin so‘ng bir necha 

nodonlar Rusiya askariga o‘q otibdurlar. Seranjuf

148


 bu voqeani ko‘rub buyuribdurkim, yana qal’ag‘a 

to‘p otmoqg‘a muqayyad bo‘lubdurlar. Amir Hazorasp darvozasini ochdurub shaharni Kaufmang‘a 

taslim etdi. Ondin so‘ng, bizzarura, aholi paydar-pay kelib izhori itoat eta berdilar. Urgaij darvozasi 

tarafdin bir jamoa Seranjufg‘a o‘q otib Rusiyadin bir miqdor kishini qatl etdilar. 

Darig‘kim, ahli Xorazm mardi muboriz jamoa erdilar! Bir necha Vatan xoinlari o‘z maqsadlarin 

hosil etmak uchun mundog‘ jasoratni olarning boshlarig‘a kelturdilar. Agar tamomi Xorazm aholilari 

yakdilu yakjihat bo‘lub ittifoq bila Rusiya askariga muqobil bo‘lub, urush etsalar erdi, ehtimoli yo‘q 

erdikim, Rusiya askari olarg‘a zafar topa olg‘aylar, mundin burun besh navbat kelib aslo zafar topa 

olg‘on ermasdurlar. Nechunkim, Xorazmning atrofida qumu dashtlar bordur va bir tarafida daryo 

bordurkim, mahkam sadlarning o‘rtasida voqedur. Oning pastu balandin bilmagan kishilarga fathi 

mahol erdi. Chun ollohi taoloning irodasi bu erdi, taqdirg‘a chora yo‘qdur! 

Chun Seranjuf Verufkinning o‘rnig‘a tozadin amiri lashkar bo‘lub erdi, Siqubluf (Skobelev) va 

qunat Shuvaluf

149


 bir g‘ayrat ko‘rguzmak uchun zobitlarni harbga targ‘ib etib ushbu bir necha miltuq 

otilg‘onini urush boshlang‘onig‘a hisob etib, yo‘luqg‘on kishini otib chopib kela berdilar. G‘arazlari bu 

erdikim, Xevaqni harb bila olduq demakchi erdilar. Bu tariqada izdihom bila

150


 Ark tarafiga yurudilar. 

Aholi ham uchaklardin

151 

olarg‘a miltuq otar erdilar. Urunburg‘ askarining sarkardasi Siqubluf to Ark 



oldiga kelguncha bu tariqada otishib keldi. Mundin yarim soat so‘ngra Qaufman Toshkand lashkari 

bila muziqa chertdurub Hazorasp darvozasidin kirib keldi. Chun olarning bu tarnqada shaharga 

kirishlari Kaufmanning amri bila emas erdi, Kaufman alarning kelgonlarin eshitib farmon yubordikim

olar kelgan yo‘llaridin qaytib chiqib, lashkargohga borsunlar. Bular, filhol, qaytdilar. Chorsuning bir 

o‘rasi toyib qunat Shuvalufning ustiga tushub, yamon holda zaxm ko‘tarib yiqildi. Mundin boshqa ham 

o‘n to‘rt kishi yiqilib zaxmdor bo‘lidilar. General Galavachof ham to‘rt bo‘lak piyodavu to‘rt to‘p va 

ikki yuz qazoq otlisi bila shaharga doxil bo‘lub

152


 erdi. Ul ham chiqib, lashkargohg‘a ketdi. 

Kaufman yonida G‘aranduq Niqulay prins Yujin kamoli ehtishom bila keldi. Burunroq kelgan bir 

bo‘lak askari muziqa chertib, istiqbolig‘a chiqtilar. Kaufman kelib Arkka kirib taxti xorazmshohiyda 

o‘lturdi. Boshqalar atrofida sandallarda bamarotib o‘lturdilar. Chingiziy to‘ralardin Nazarxonkim, xon 

hazratlariga qiz berib qorindosh bo‘lg‘on erdi, kelib haram saroyining eshigin mahkam etib, eshik 

oldida o‘lturub, haramga kishi kirmakdin mone’ bo‘ldi. Ya’qubboy Kaufmanning oldida xizmat etib

anvoyi mo’qulotu mashrubot va aqsomi mevajot topib berib, hozir bo‘lub turdi. Qaufman ikki soatdin 

so‘ng Galavachofni talab etib, besh bo‘lak askar bila Ark ichida va Ark oldida qarovul tariqasida 

turmoqg‘a ta’yin etib, G‘aranduq bila hamroh bo‘lub, general Verufkinning ahvolin so‘ramoq .uchun 

ketdi. 


Galavachof xazinani ochdurub xazinaga kirdi, bir sandali bor erdi. Galavachof ko‘rub dedi: «Bu 

imferatur saroyida turaturg‘on shohi sandalilarg‘a o‘xshashdur. Hamonokim, imferaturdin hadya 

tariqasida bu yerga kelgandur». Yana muzayyan bir sandalikim, Muhammad Rahim Bahodirxoni 

avvalining zamonlarida tuzatilmish erdi. Yana bir necha temur orcha ko‘rdilar. Hammalari xoli erdi. 

Magar, birining ichi to‘la tanga erdi. Yana bir zinpo‘sh ko‘rdilar. Oltun va zumurrad bila murassa’

153


 

erdi va bir miqdor murassa’ qilichlaru xanjarlar va miltuqu tapponchalar va necha oltun chopulg‘on 

pokiza ulug‘ miltuqlar bor erdi. Va bir necha novijod oltiotar bor zrdi. Yana o‘n ikki to‘fang bila bir 

                                                      

147

 Mutahayyir - hayron. 



148

 Polkovnik Saranchev 

149

 Qunat Shuvaluf—graf Shuvalov 



150

 Izdihom bila—dahshatli hamla bilan 

151

 Uchak—tom. 



152

 Doxil bo‘lmoq—kirmoq. 

153

 Murassa’—go‘zal, chiroyli, saylangan, ziynatlangan, orolangan. 




Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish