RUKNNI O‘RNIDAN OLDIN BAJARISH
4-masala. Namozxon qiroatdan oldin ruku’ qilib qo‘ysa, unga sujudi sahv
qilmoq vojibdir.
Ya’ni niyat qilib, umuman qiroat qilmay, unutgan holda ruku’ga bordi va keyin yodiga
tushdi. Bu holatda ruku’dan qaytadi, “Fotiha” va bir sura o‘qiydi va ruku’ni qayta
bajaradi, keyin namozning oxirida vujuban sujudi sahv qiladi. Agar ruku’ni qayta
bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.
Shuningdek, ruku’dan ko‘tarilgandan keyin Qur’ondan hech narsa o‘qimasdan ruku’ga
borgani yodiga tushsa, bu holatda ham “Fotiha” va yana bir surani o‘qiydi va, albatta,
ruku’ni qayta bajaradi. Agar ruku’ni qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |