Yana bir marg‘ub holat bayon qilingan:
bir kishi bomdod namozining qiyom holatida
bu ikkinchi rak’atmi yo uchinchi, deb shak qilsa (taraddudga tushsa), shom va vitr
namozining qiyom holatida bu uchinchi rak’atmi yo to‘rtinchi, deb shak qilsa yo to‘rt
rak’atli namozning qiyom holatida bu to‘rtinchi rak’atmi yo beshinchi, deb shak qilsa,
bas, albatta, bu to‘rt xil holatda oxirgi qa’da bo‘lishi ehtimoli borligidan qiyomdan darhol
qa’daga o‘tiradi va “Attahiyyot” o‘qiydi, undan keyin qoim bo‘ladi (o‘rnidan turadi) va
yana bir rak’at o‘qib, sajdai sahv qiladi.
Agar mazkur shaklar o‘sha to‘rt suratda ruku’ yo ruku’dan keyin voqe’ bo‘lsa, bu suratda
agar o‘sha rak’atning sajdasiga bormagan bo‘lsa, darhol qa’daga o‘tirib “Attahiyyot”
o‘qiydi, undan keyin boshqa bir rak’at o‘qiydi va sajdai sahv qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |