www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganida, u zot undan juda ozini, ya’ni besh
yoki oltitasinigina bilishlarini aytganlarining xabarini berdi».
79/57. Zakariyo ibn Adiydan rivoyat qilinadi. «Abu Ishoq al-Fazoriy menga: «Baqiyaning
taniqli kishilardan rivoyat qilgan hadisini yozgin. Lekin taniqli bo‘lmaganlardan rivoyat
qilgan hadisini yozmagin. Ammo Ismoil ibn Ayyoshning taniqli kishilardan ham, taniqli
bo‘lmagan boshqa (kishi)lardan ham rivoyat qilgan hadislarini yozmagin», deb aytdilar».
80/58. Ibn Muborak: «Baqiya agar ismlarni kunya deb va kunyalarni ism deb yozmasa,
muncha ham yaxshi», dedilar. (Baqiya, ismi ila mashhur bo‘lgan kishidan rivoyat qilsa,
kunyasini aytar edi. Agar kunyasi ila mashhur kishilardan rivoyat qilsa, ismini aytar edi.
Bu ham soxtalashtirishdir.) «U bizga bir umr Abu Said Vuhoziydan, deb hadis gapirar
edi. Biz (sinchiklab) qarasak, Abu Said Vuhoziy yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lgan
Abdulquddus ekan».
81/59. Abdurrazzoq aytdilar: «Ibn Muborakning Abdulquddusdan boshqa kishini
ochiqchasiga yolg‘onchi, kazzob, deb aytganlarini ko‘rmaganman. Lekin Abdulquddusni
yolg‘onchi, deb aytganlarini eshitdim».
82/60. Abu Nu’aym aytdilar. Mu’allo ibn Urfon zikr qilishicha, Abu Voil: «Ibn Mas’ud
Siffin voqeasida huzurimizga chiqdilar», deb aytgan edi, Abu Nu’aym: «Uni o‘lgandan
keyin qayta tirilgan deb o‘ylaysanmi?!» dedilar.
(
Izoh:
Bundan Mu’allo ibn Urfon hadis rivoyat qilishda zaif ekani ayon bo‘lmoqda).
83/61. Affon ibn Muslim aytdilar: «Biz Ismoil ibn Ulayyaning huzurlarida edik. Bir kishi
boshqa bir kishidan eshitgan hadisni gapirdi. Men: «U kishi hadis rivoyat qilishda
ishonchli emas», dedim. Yonimdagi kishi: «Sen uni g‘iybat qilding», dedi. Shunda
Ismoil: «G’iybat qilgani yo‘q, lekin uning hadis rivoyat qilishda ishonchli emasligini hukm
qildi», dedilar».
84/62. Bishr ibn Umar aytdilar: «Said ibn Musayyabdan hadis eshitib, uni rivoyat
qiluvchi Muhammad ibn Abdurahmon haqida Molik ibn Anasdan so‘rasam, «U ishonchli
emas», dedilar. Tav’amaning quli Solih haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar.
Abu Huvayris haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ibn Abu Zi’b rivoyat qiluvchi
Sho‘‘ba haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Harom ibn Usmon haqida
so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ya’ni, Molikdan ana shu besh kishi haqida
so‘raganimda, u zot: «Ular hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedilar. Va yana bir
kishi haqida so‘rasam, hozir uning ismini unutib qo‘ydim, Molik: «Kitobimda uning ismini
ko‘rdingmi?» dedilar. Men: «Yo‘q», dedim. Molik: «Agar uning ismini kitobimda
ko‘rganingda ishonchli bo‘lar edi», dedilar».
85/63. Hajjoj aytadilar: «Ibn Abu Zi’b Shurahbil ibn Sa’ddan bizga hadis aytdi. Holbuki,
Shurahbil hadis rivoyat qilishda zaif, deb ayblangan edi».
86/64. Ibn Muborak aytdilar: «Agar menga Abdulloh ibn Muharrarni uchratish bilan
jannatga kirish ixtiyori berilganida, Abdullohni uchratishni ixtiyor qilgan bo‘lar edim.
Keyin uni ko‘rsam, hayvon tezagi menga Abdullohdan yaxshiroq ekan. (Chunki Abdulloh
hadis gapirayotganda yolg‘onlarni qo‘shar edi)».
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |