www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi», dedilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom
men bilan birga ko‘tarilib ikkinchi osmonga chiqdilar va u osmon soqchisiga: «Ochgin»,
dedilar. Osmon soqchisi dunyo osmoni soqchisi aytgan so‘zni aytdi va (eshikni)
ochdi...», dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam osmonda Odam, Idris, Iso, Muso va Ibrohim alayhissalomlarning
barchalarini uchratdilar. Lekin makonlari qanday ekani haqidagi xabarni isbotlamadilar.
Ammo Odam alayhissalomni dunyo osmonida, Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda
uchratdilar. Qachonki, Jabroil alayhissalom va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Idris
alayhissalomning oldilaridan o‘tishganida, u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar
xush kelibdilar», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uta turib: «Bu kim?» desam, Jabroil
alayhissalom: «Bu Idris», dedilar. Keyin Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimizda u
zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?»
desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Musodirlar», dedilar. So‘ngra Iso alayhissalom
oldilaridan o‘tsak, «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu
kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Iso ibn Maryamdirlar», dedilar. Keyin Ibrohim
alayhissalom oldilaridan o‘tsak, u zot: «Solih payg‘ambar va solih kishi o‘g‘li xush
kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Ibrohimdirlar»,
dedilar».
Ibn Abbos va Abu Habba al-Ansoriy roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «So‘ngra men balandlab, bir tekis yerga ko‘tarildim. Va u
yerda farishtalar (Allohning taqdir-qazosi va boshqa buyruqlarini) yozishayotganining
ovozini eshitdim», dedilar.
Ibn Hazm va Anas ibn Molik roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam aytdilar: «Alloh ummatimga ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Men
qaytib Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimda, u zot: «Rabbingiz ummatingizga
nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namozni», dedim. U zot: «Rabbingiz
huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Rabbim
huzuriga qaytsam, U buning yarmini o‘tib yubordi. Muso alayhissalom huzurlariga
qaytib, buning xabarini bersam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz
bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib borsam, Alloh: «U besh
mahaldir. Ana shu besh mahal ellik mahalga o‘tadi. Mening huzurimda so‘z
o‘zgartirilmaydi»,
dedi.
Men
Muso
alayhissalom
huzurlariga
qaytib borsam, u zot:
«Rabbingiz huzuriga qayting», dedilar. Men: Rabimdan (borish xususida) hayo qildim»,
dedim. So‘ngra Jabroil alayhissalom bilan birga «Sidratul muntoho»ga bordim. U yerni
ranglar o‘rab olibdi, uning nimaligini
bilmayman. Keyin jannatga kiritildim, u yerda
gavhardan gumbaz bor bo‘lib, tuproqlari esa mushkdan ekan».
322/6. Anas ibn Molik roziyallohu anhu Molik ibn Sa’sa’adan qilgan rivoyatda
aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uyqu bilan uyg‘oqlik orasida
turgan edim, ikki kishi orasida turib gapirayotgan uchinchi bir kishining so‘zlarini
eshitdim. Usha kishi huzuriga olib kelindim. Tillodan bo‘lgan bir tog‘ora keltirildi. Unda
zamzam suvi bor edi. Qalbimni (olish uchun ) u yeridan bu yerigacha, ya’ni qorinning
pastki qismigacha yorib, qalbimni chiqarib, zamzam suvi bilan yuvib, keyin hikmat va
iymon bilan to‘ldirib o‘rniga qaytarib qo‘yishdi. So‘ngra oq hayvon oldiga olib borildim. U
Buroq, deb nomlanar edi. U eshakdan baland, xachirdan pastroq edi. Qadamini tashlasa,
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |