Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
226/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Kim bizga qurol ko‘tarsa
va bizni aldasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas»,
dedilar.
227/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ko‘p miqdordagi don-dun sotilayotgan joydan o‘ta turib, unga qo‘llarini tiqqan
edilar, qo‘llari nam bo‘ldi. Keyin: «Ey g‘alla egasi, bu nimasi?» desalar, u: «Ey
Allohning
rasuli, yomg‘ir tegibdi», dedi. Shunda u zot: «Odamlar ko‘rishi uchun o‘sha
nam joyini
tepasiga qilib qo‘ymaysanmi?
Kim aldasa, mening (yo‘limdan) emas», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: