Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o‘qimoq hukmi



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/967
Sana11.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#344496
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   967
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 1-jild

18-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o‘qimoq hukmi

 

 

Imom Buxoriy aytdilar: «Hasan Basriy muz va ko‘priklar ustida, garchi uning tagidan 



yoki ustidan yohud oldidan najosat oqib turgan ersa-da, namoz o‘qimoqning zarari 

yo‘qdir, fakat namozxon birlan najosat o‘rtasini biror narsa to‘sib turgan ersa, bas»,— 

deydilar. Abu Hurayra masjidning tomida imom bo‘lib namoz o‘qidilar (Shofi’iy va 

Hanafiy mazhablarida imom va namozxonlarning namoz o‘qigan joylari biri ikkinchisidan 

baland bo‘lmog‘i makruhdir, zarurat tug‘ilgandagina mumkin). Ibn Umar qor ustida 

namoz o‘qidilar. 

 

Abu Hazm aytganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’ddan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallamning minbarlari nimadan qilingan?» — deb so‘radilar. Sahl: «Odamlar orasinda 

buni mendan yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. U «yulg‘un» degan o‘rmon daraxtidan 

qilingandir, uni falonchining ozod qilingan quli falonchi yasagandir. Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam (usta) minbarni yasab olib kelib qo‘ygach, unga chiqdilar-da, qiblaga 

qarab: «Ollohu akbar»,— dedilar, odamlar u kishiga iqtido qildilar. Janob Rasululloh 

qiroat qildilar va ruku’ qildilar. Odamlar ham ketlaridan ruku’ qildilar. Keyin, Rasululloh 

boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, 

yana minbarga qaytib chiqdilar-da, qiroat qildilar, so‘ng ruku’. qildilar. Keyin, boshlarini 

(qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yana yerda sajda qildilar. Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari mana shu». Imom Buxoriyga Ali ibn 

Abdulloh: «Ahmad ibn Hanbal rahimahullohu mendan shu hadis to‘g‘risida, so‘radi»,— 

deb aytibdir. Ahmad ibn Hanbal: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

odamlardan balandda turganlar va shu hadisga ko‘ra, imom odamlardan balandda tursa, 

zarari yo‘qdir, demoqchimisiz?» — debdi Ali ibn Abdulloh: «Sufyon ibn Uyaynadan shu 

hadis to‘g‘risida ko‘p so‘rashar erdi, siz hech eshitmaganmisiz?» — debdilar Ahmad ibn 

Hanbalga. Ahmad: «Yo‘q,— deb javob beribdilar. 

 

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hijratning 5-nchi 



yili, zulhijja oyi) otdan yiqilib, o‘shanda boldirlari yoki kuraklari shilinib ketgandi. Bir oy 

xotinlari oldiga kirmaslikka ahd qilgandilar. Yog‘och ustunli hujralarida o‘tirganlarida 

sahobalar u kishini ko‘rgani keldilar. Rasululloh o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar, 

sahobalari ersa tik turgan hollarida namoz o‘qidilar. Rasululloh salom bergach: «Imomga 

iqtido qilmoq lozimdir. Shuning uchun imom «Ollohu akbar» deganda siz ham takbir 

aytingiz, ruku’ qilsa, siz ham ruku’ qilingiz, sajda qilsa, siz ham sajda qilingiz. Agar tik 

turib namoz o‘qisa, tik turib o‘qingiz!»—dedilar (Rasululloh kasal bo‘lganlari uchun ham 

butun namoz davomida o‘tirgan hollarida imomlik qilganlar. Sahobalar ersa tik turib 

o‘qiyvermasdan o‘zlari bilib iqtido qilavermoqlari kerak erdi). Janob Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam 29 kun deganda oilalari oldiga chiqdilar. Shunda ular: «Siz bir oyga ahd 

qilgan erdingiz-ku?» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu oy 29 

kun (dan iborat)»,— dedilar». 

 


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   967




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish