Ba`d deganlaridek. Bu taxallusqa o`xshar ul jihattinkim, hamdu salovotin so`ng bir yo`la maqsudg`a ko`chmasdin bir so`z bila kalomning olding`isi va keying`isi orasinda bir aloqani rioya qilurlar. Ba`zilar ammo ba`d



Download 17,45 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi17,45 Kb.
#411752

Iqtizoblarning ba`zisi taxallusqa yaqindur ul jihattinkim, agarda muloyamatu munosabatin biroz bordur, masalan, hamdu salovot adosidin so`ng ammo ba`d deganlaridek. Bu taxallusqa o`xshar ul jihattinkim, hamdu salovotin so`ng bir yo`la maqsudg`a ko`chmasdin bir so`z bila kalomning olding`isi va keying`isi orasinda bir aloqani rioya qilurlar. Ba`zilar ammo ba`dni faslu-l-xitob, ya`ni kalomni bir biridan ayiruvchi derlar, taxallusqa yaqin ixtizoblardan yana maktublarda salomu duodin forig` bo`lg`ach bitilguvchi hazo(bu kim) lafzidur o`shal vaqtda bitilguvchi ba`dahu (andin so`ng ) lafzi ham o`shandog`dur. Dag`i muqaddama, bob, fasl, xotima va shular ma`nosindag`I o`zga lafzlar ham ushbu jumladindur.

Iqtizob lug`atta darhol bir nima demaktur va tuyani minmakka o`rgatmaktin oldin cho`ktirmaktur. Har 2 ma`nog`a ko`ra atash vajhi zohirdur.

Husin-I matlab. Ani husin-i talab, baroati talab, adabi talab va husin-I suol ham derlar. Alloma debdur: ul andog`durkim, alfoz muhazzab, ya`ni pokiza bo`lg`ay va mamduhni ulug`lamoqqa qaratilg`an bo`lg`ay.

Rashid deptur: bu san`at andog`durkim, shoir bir baytta mamduhtin bir nima tilag`ay, ammo latif vajhu Shirin uslub bila; maoniyu alfosni pokiza qilmoqqa sa`y etib ulug`lamog`u ehtirom shartlarin rio qilg`ay, andog` kim matlayi husin-I matla`da maskur bo`lg`an qasida-da voqiy bo`lg`ani yanglig`(bayt):

Shudiy salmon-I ahdat dar sanoyi banda, gar o`ro

Nabudi fikr-I qarze g`ayr-I arzi-sh-sher chun salmon.

“Tibyon” sohobi debtor: vosita taqdim etilgandir so`ng g`araz ishorig`a kirish maktur, andoqkim(bayt):

G`amom-I lutfat azg`am merahonat dafmandonro,

Bibin dard-i dilamu zi fayz-I lutf-i xesh kun darmon!

Husin-i maqta. Ani husin-i intiho, husin-i xotima va baroat-i maqta ham derlar. Ul andog`durkim kalonni lafzu ma`no jihattin xobu marg`ub bir nima bilan tugaturlar, zeroki eshitguvchining qulog`iga yetgan ul oxirg`i nima yaxshi bo`lsa, aning latofatu lazzati aning xotirinda qolur. Agar olding`I baytlarda qusur voqi bo`lsa ham, ul taomlarning oxirinda yeyilgan lazizu Shirin taomdek bo`lur. Agar maskur bo`lg`andek bo`lmasa, ahvol aning aksincha bo`lur va olding`I baytlardin hosil bo`lg`an har lazzatu halovat tabiat bemazayu yoqimsiz nimaga aylanur. Yaxshisi ulkim kalomning tugaganiga ishora bo`lg`ay va eshitguvchi andin so`ng yana bir nimani kutmag`ay.

Muning alloma husin-i maqtada shart qilibtur. Husin-i maqtaning misoli husin-i matlada mazkur bo`lg`an qasidaning ushbu baytlarning oxirg`isidur(sher):

Suxan ko`tah kunam, harchand chun fazlu kamolatash

Nadorad vasf-I johu hashmatu iqbol-i o` poyon.

Hamesha toki boshad mulku millat dar jahon boqiy,

Hamesha toki dorad izzudavlat dar jahon imkon.

Baizzu davlat az bahir-i saloh-i mulku din, yo rab,

Bidoriy on mador-i mulku millatro, to dar davron!

Rashid deb turkim. Ushmundoq falon bo`lguncha falon bo`lsun kibi duoni fors shuarosi duo-yi taabid derlar.

Shams-i Qays deptur nomaqul ibtidolardandin uldurkim, Abulfaraj deptur:

Ey Sarafroz-iy olam, ey Mansur

V-ey ba sadr-i tu ixtilof-i sudur.

Mamduhni nomi va nodo siyg`asi bila chaqiribturkim, mahduhqa ey falon, demak yaramas, agar ey podshoh-iy olam, ey sadir-iy jahon va hokazo yanglig` madih sifatlari bo`lmasa. No`maqul parchalardin yana bir ulkim, Azraqiy deptur(She`r):

Hamesh to na buvat sad fuzuntar az ponsad,

Hamesh to na buvat panj bartar az panjoh.

Ba dastu tab-i tu to zinda bod jomu adab,

Ba farru nom-i tu poyanda bod afsaru goh.

Ma`bod go`sh-i tu be bonk-i rud solba sol,

Ma`bod dast-i tu be jom-i boda mohba moh.

Bu duoda ikki ayb bordur, biri ma`naviy, ikkinchisi lafziydur. Ma`naviy uldurkim, hamesha qahramonliq ishida bul, hazlu ishsizlik bila mashg`ul vaqting hech bo`lmasun dep tur va hol bukim, madhiya nafsoniny fazilarlarg`a bamanduhqa duo aning nafsoniy soadat hosil qilmog`I qaratilg`an bo`lmog`I keraktur.

Lafzi aybi uldurkim, bo`lmasun qulog`ing, bo`lmasun qo`lu deptur. Mundoq suxan nopisandidadur. Yaxshi shoiru fozil kotib o`zining Nasrin bo`laklarin bir-biridin ayirg`anda qabih bo`lg`uvchi ikki ko`runushka ega alfozdin pok tutqay. Agan munga zarurat tug`ulsa duo lafziy bila mamduh zikri orasig`a fosila kiritgay, masalan majlising maysin bo`lmasun, qulog`ing naysiz bo`lmasun degan.

Aning kalomin naql etmaktin maqsad uldirkim butun kalonkim xususan iptidovu intiodan so`zlaguvchida to`liq mulohaza vojibdur nogoh aning kalomnda ma`naviyu lafzi aybilardin bir nima voqiy bo`lmag`aykim, bu zamonda so`z bilguvchi eshitguvchiga malol kelib, Sham-i Qays Abulfalaju Azraqiyga oncha yildin ta`na qilg`anidek, xalq ta`nasig`a boyis bo`lmag`ay.

Bu san’atning qasida-yi masnudag’i misoli aks-i tavil-i maqbus, ya`ni mafoiylun fauvlun mavoiylun fauvlun bahridin ushbu bayttur:

Gushoda davr-i gardun bibasta dahr-i riyman,

Gushoda dast-i hikmat, bibasta poy-i dushman.



Ba`zilar bu baytni mazkur san`at qabilidin deb bilmapturlar va muroatu-n-nazir qabilidin dep bilipturlar. Zohiran andohdur.
Download 17,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish