Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar
belgilash va xavfsizlik usullarini o‘qitish.
Tashkilot va
korxonalarga ishga yangi qabul qilingan barcha ishchilar
ish o‘rinlarida kirish instruktaji va birlamchi
instruktajdan o‘tganlaridan keyingina ishga qo‘yilishlari
mumkin.
Kirish instruktajini xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
muxandis o‘tkazadi. Bunda ishga qabul qilingan yangi
ishchi ayni ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza
qilishning holati, ichki tartib-qoidalari, ishlab chiqarish
690
sanitariyasi, yong‘inga qarshi himoya tadbirlari bilan
tanishadi. Kirish instruktaji bo‘yicha mashg‘ulotlar
xavfsizlik texnikasi xonasida, ishlarning xavfsiz usullari
tasvirlangan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanib
o‘tkaziladi. Instruktaj o‘tkazgan shaxs va undan o‘tgan
shaxslar maxsus kitobga imzo qo‘yadi.
Ish o‘rinda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha birlamchi
instruktajni bo‘lim rahbari o‘tkazadi. Birlamchi
instruktajga ishchini o‘z ixtisosligi bo‘yicha vazifalari,
ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan tanishtirish,
qurilma va mexanizmlarning tuzilishi hamda ularga
xizmat ko‘rsatish (ishga tushirish, to‘xtatish va h.k.),
asbob-uskuna va moslama, himoya vositalari va to‘siqlar
ishlatish hamda ulardan foydalanish qoidalari, tayyor
mahsulotlarni joylash qoidalari, yuk ko‘tarish va
transport vositalarini ishlatishning xavfsiz qoidalari,
shuningdek, xavf tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish
kerakligi bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan
so‘ng master o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi
691
bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki
eslatma topshirishi kerak.
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek, har
safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish sharoitlari
o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; brigada ishchilari o‘zlari
bajaradigan barcha ish turlari bo‘yicha xavfsizlik
texnikasidan instruktaj o‘tishlari shart.
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini, ishlab chiqarish
sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi texnika normalarini
ma’muriy-texnik xodimlar va ishchilar yaxshi o‘rganib
bilib olgan hamda ularga qat’iy rioya qilgan taqdirdagina
bu qoida normalar yaxshi natija beradi.
Tashkilotlarda va korxonalarda xavfsizlik texnikasi
hamda ishlab chiqarish sanitariyasini targ‘ibot qilish
bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazi sifatida xavfsizlik
texnikasi kabinetlari va burchaklari tashkil etilib, ular
tegishli o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanadi.
Amaldagi
tartib-qoidalarga
binoan,
ishga
kirayotgan ishchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha ta’lim olish kerak.
692
Asosan,
ishchilarni
xavf-xatarsiz
ishlashga
o‘rgatish maqsadida dastlabki (umumiy) instruktaj, ish
o‘rnining o‘zida ishlab chiqarish instruktaji o‘tkaziladi
va kursda ta’lim beriladi.
Ishchilarga ta’lim berishning bu tizimi majburiydir.
Xavfsizlik texnikasi qoidalarining o‘z vaqtida, to‘la-
to‘kis va to‘g‘ri o‘rgatilishi uchun korxona rahbari
javobgardir.
Korxonaga ishga kirgan ishchilarning hammasi
(ixtisosidan va bajaradigan ishidan qat’i nazar),
shuningdek ishga yo‘llashdan oldin ishlab chiqarish
tajribasini o‘tish uchun ishlab chiqarish amalga
oshirayotgan joyga yuboriladi va o‘quvchilar ishga
tushishlaridan oldin dastlabki (umumiy) instruktaj va ish
o‘rnining o‘zida tashkil etiladigan instruktajdan
o‘tishlari shart.
Ixtisosiga ko‘ra avvalo tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari
lozim bo‘lgan ishchilar ma’muriyatga tegishli tibbiy
hulosasini topshirishlari lozim, ana shundan keyingina
ularni ishga qabul qilish hamda instruktajdan o‘tkazish
693
mumkin. Masalan, qurilish tashkilotlarida balandda
ishlaydigan
montajchilar
ishga
kirayotganlarida
dastlabki ko‘rikdan o‘tishlari, keyin yiliga bir marta
tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari kerak. Kompleks
brigadaning a’zolariga esa brigada bajaradigan barcha
turdagi ishlarni bexatar bajarish usullari o‘rgatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |